“Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi kattaqo‘rg‘onlik yoshlarda qiziqish uyg‘otmoqda

12.07.2018, 18:15

“Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi kattaqo‘rg‘onlik yoshlarda qiziqish uyg‘otmoqda

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan Prezidentimizning  2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

–O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining tashkil etilishi va ushbu jamg‘arma yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berilishi, tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga katta imkoniyat yaratadi, – deydi O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Nabijon Artiqov. – Dasturda ish bilan  band bo‘lmagan yoshlarga 20 tagacha parranda va quyon, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda ko‘maklashish nazarda tutilgani tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuvda partiya “Yoshlar qanoti” tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va tanlovlar, ularning maqsad hamda vazifalari haqida ham ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    749
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бекназаров Қутлибай Нийетбаевич (ЎзЛиДеП Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши ходими)2018-07-12 18:36:58

“Yoshlar – kelajagimiz” дастурга мувофиқ тадбиркор бўлиш истагидаги ёшларга амалий ёрдам кўрсатишимиз ва партия сафини кенгайтириб олишимиз зарур. Тадбиркорлар учун яна янги имтиёзли ва сеҳрли эшик очилябди. Ҳужжатнинг қабул қилиниши ЎзЛиДеП учун янги имконият бўлди.


Fikringizni qoldiring

+