Fermerlar qishloq joylarda chinakam yetakchi ijtimoiy kuchga aylanmoqda

12.07.2018, 18:20

Fermerlar qishloq joylarda chinakam yetakchi ijtimoiy kuchga aylanmoqda

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi “Oxunova Xurinisa Jo‘rabekovna” fermer xo‘jaligida “Zamonaviy fermer xo‘jaliklari – qishloq taraqqiyoti ma’suliyatini o‘z zimmasiga olgan qudratli ijtimoiy-siyosiy harakat” mavzucida davra suhbati tashkil etdi.  

Tadbirda partiya viloyat va tuman Kengashi xodimlari, tajribali fermerlar, ishbilarmon ayollar, BPT yetakchilari ishtirok etdi. 

– Fermer xo‘jaligimiz 2006 yilda tashkil etilgan, – deydi “Oxunova Xurinisa Jo‘rabekovna” fermer xo‘jaligi rahbari Hurinisa Oxunova. –Joriy yilda 4 gektar maydonga g‘alla ekib, shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardik. Yerning qolgan qismiga kartoshka, achchiq qalampir va ro‘zg‘or uchun kerakli mahsulotlarni yetishtiryapmiz. Shu kunlarda esa yangi tut plantatsiyasini barpo qilish harakatida yuribmiz.

Tadbirda O‘zLiDePning yoshlar, ayollar, tadbirkor va fermerlar o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyihalari haqida ham keng ma’lumot berildi.

                                                                   Yulduz YuLDAShEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

 O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1911
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Худайбердиева Моҳидил Норбоевна Зарафшон шаҳар бўлими ижрочи котиби2018-07-13 09:53:48

O‘zLiDePнинг электорати бўлган фермерларимизга айни йиғим -терим вақтида куч-қўвват тилаймиз.Наманганлик фермер Хуриниса опанинг узоқ йиллик тажрибага эга эканлигини инобатга олиб, ёш тадбиркорларимиз билан учрашувлар ташкил қилинса, мақсадга мувофиқ бўлар эди.Бундай фермер аёлларимиздан ёшларимиз ўрнак олса арзийди.


Ш.Эгамбердиев O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши депутатлик гурухи билан ишлаш бўйича ижрочи котиби2018-07-13 07:28:39

Бундай шижоаткор ва ташаббускор аёллар раҳбарлик қилаётган фермер хўжаликлари сони кўпаяверсин “Охунова Хуриниса Жўрабековна” фермер хўжалиги раҳбари Ҳуриниса Охунованинг ишларига омад тилаеман


Fikringizni qoldiring

+