Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida mustaqillik shodiyonalari davom etmoqda

31.08.2017, 19:04

Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida mustaqillik shodiyonalari davom etmoqda

Qarshi tumanidagi “AIDES” YaTT qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida O‘zbekiston Respublikasining 26 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik –tadbirkorlik uchun erkin faoliyat garovidir” mavzusida    amaliy muloqot tashkil etildi.  Muloqotda BPT a’zolari, partiya viloyat va tuman kengashi vakillari ishtirok etdi. 

Amaliy muloqot jarayonida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo‘lida qabul qilinayotgan hujjatlar mohiyati, mustaqillik yillarida sohaning rivojlanishi uchun davlat tomonidan yaratilgan zaruriy imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Shu bilan birga BPT faoliyatini takomillashtirish, unga biriktirilgan oilalar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi. BPT raisi, “AIDES” YaTT rahbari Jalol Nazarov faoliyatidagi rejalar haqida gapirib, kelgusida BPT faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va partiya a’zolari safini kengaytirish bo‘yicha amalga oshiradigan ishlari yuzasidan fikr mulohazalarini aytib o‘tdi.

Shuningdek, muloqotda halqimiz uchun eng ulug‘ va aziz ayyom istiqlol bayrami, bugungi dorulomon kunlarga yetib kelishimizda bosib o‘tgan yo‘limiz, yoshlar tarbiyasiga zid, salbiy ta’sir ko‘rsutuvchi illatlar haqida gapirilib, xech kim loqayd va e’tiborsiz bo‘lmasligi, ogohlik davr talabi ekanligi yig‘ilganlar tomonidan e’tirof etildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1317
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+