Narpay tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

13.07.2018, 16:50

Narpay tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlar tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori T.Imomovning hisobotini tingladi.

Ta’kidlandiki, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida tuman Bandlikka ko‘maklashish markaziga 1012 nafar fuqarodan murojaat bo‘lgan. Murojaat qilgan fuqarolarning 500 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 511 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan. 1 nafar fuqaro esa Samarqand shahridagi “Koika” qayta o‘qitish markaziga yuborilgan.

– Prezidentimizning 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tumanda 1209 ta, davlatimiz rahbarining shu yil 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlarga binoan 6078 ta ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan, – deydi T.Imomov. – Shu bois, mazkur qaror hamda  yurtboshimiz topshiriqlariga asosan joriy yilning may oyiga qadar tumanda 922 ta ish o‘rinlari tashkil etildi va yoshlar bandligi ta’minlandi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.   

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2320
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+