O‘zLiDeP sayyor qabuli: sutbuloqliklarning elektr ta’minoti bo‘yicha muammosi hal bo‘ldi

16.07.2018, 10:20

O‘zLiDeP sayyor qabuli: sutbuloqliklarning elektr ta’minoti bo‘yicha muammosi hal bo‘ldi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Sutbuloq”  mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.  

Qabul davomida aholi tomonidan mahalla guzari, go‘zallik saloni, hammom, kutubxona, mini stadion, dorixona, chevarxona kabi maishiy xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha qator takliflar kelib tushdi.  

Xususan, “Ittifoq” mahallasida 25 yildan buyon bolalar bog‘chasi barpo etilmagan. Hudud ahlining bu masalada tegishli joylarga murojaat qilishiga qaramay, lekin hozirga qadar natijadan darak yo‘q.

Shuningdek, shu hududdagi 24-sonli umumta’lim maktabi oldida avtomobillar harakat tezligini cheklovchi belgi va svetofor yo‘qligi ham aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

 Har ikki masala ham xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.

–Hozirga qadar aholi murojaatlari asosida 4 ta qishloqda 32 ta temir beton simyog‘ochlar o‘rnatildi, – deydi xalq noibi Abduraxmon Xusainov. – Ayni chog‘da “Sutbuloq” mahallasida yana 2 ta qishloqda elektr ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan. Bu orqali yana 20 xo‘jalik elektr toki bilan ta’minlanadi.

Sayyor qabulda ortiqcha vaqt talab qiladigan masalalar tuman hokimi va xalq deputatlari tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan nazoratga olindi.

      Yulduz YuLDAShEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1053
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-17 08:51:22

Ўтказилаётган сайёр қабуллар ўз натижаларини бермоқда. Бу каби тадбирларни кўпроқ ташкил этишимиз лозим.


Saboxat Babayeva Sirdaryo viloyati "Ayollar bo'limi " mudiri2018-07-16 21:38:27

Bu kabi o'tkazilayotgan sayyor qabullar xalqimizning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Deputatlarimiz o'z vakolatlari doirasida amaliy yordam ko'rsatib charchamasliklarida omad yor bo'lsin


Fikringizni qoldiring

+