Tinchlik – eng katta bunyodkorlik
31.08.2017, 19:08
Yurtimizda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, kelajakka ishonch tuyg‘usi mustahkamligining asosiy omili – tinchlikdandir. Ming shukrki, yurtimizda tinchlik, xotirjamlik. Mana shu ne’mat uyimizda fayz, baraka bor, mamlakatimiz taraqqiyot yo‘llaridan shiddat bilan bormoqda. Eng muhimi, yurt osoyishtaligi bois, hayotimizda mazmun, faoliyatimizda baraka bor.
Bu haqda Yangiyo‘l tumani “Nov” ko‘ptarmokli sihatgohi boshlang‘ich partiya tashkilotida mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Mustaqilligimizni asrab-avaylash, abadiyligini ta’minlash uchun barchamiz mas’uldirmiz” mavzuida tashkil etilgan tadbirda alohida ta’kidlandi.
–Mustaqillik kuni – xalqimizning eng ulug‘, eng aziz ayyyomi, – deydi O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Mirahmedova. – Zero, mustaqillik bois milliy qadriyatlarimiz tiklandi. Boy ilmiy merosimiz, an’analarimiz qayta ko‘z ochib, farzandlarimiz ruhiyati, zehniyati bugun shu zilol buloqlardan yanada suv icha boshladi. Hozirgi kunda hayotimizda kechayotgan har bir yangilanish o‘z ko‘lami, mazmun-mohiyati bilan dillarimizni ravshan etadi. Shuning uchun ham ushbu ayyyomni munosib kutib olish va o‘tkazish borasida joylarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir.
Tadbirda partiyaning faol xotin-qizlariga Fahriy yorlik va esdalik sovg‘alari topshirildi. Eng faol va tashabbuskor ayollar kadrlar zahirasiga olindi.
O‘zLiDeP Toshkent viloyati
Kengashi matbuot xizmati.
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring