Uzun va Sariosiyoda O‘zLiDePning “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida forumi bo‘lib o‘tmoqda

18.07.2018, 14:05

Uzun va Sariosiyoda O‘zLiDePning “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida forumi bo‘lib o‘tmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal- demokratik  partiyasi  Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan  Uzun va Sariosiyo tumanlarida joriy yilning 18 iyul’ kuni “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida “Har bir oila- tadbirkor” hamda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlarini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusida forum o‘tkazilmoqda.

Forum doirasida dastlab, Uzun tuman “Shodlik” madaniyat va istirohat  bog‘ida  “Ayollar bandligi - oilaning mustahkam va farovonlik poydevori” va “Yoshlar bandligini ta’minlash eng muhim vazifamiz” mavzusida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 

Tadbirda  Xotin-qizlar  qo‘mitasi,  bandlik markazi, tijorat banklari, soliq inspeksiyasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tuman bo‘limi, hunarmandlar uyushmasi, Davlat xizmatlari markazi, Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman Kengashi vakillari, yosh tadbirkorlar, uyushmagan yoshlar,OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etishmoqda.  

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1651
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O‘zlidep Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi Kelajak deputatlari guruhi a‘zosi Mengnarov Jo‘rabek2018-07-18 14:29:50

Узун туман “Шодлик” маданият ва истироҳат боғида “Аёллар бандлиги - оиланинг мустаҳкам ва фаровонлик пойдевори” ва “Ёшлар бандлигини таъминлаш энг муҳим вазифамиз” мавзусида меҳнат ярмаркаси ташкил этилгани бу жуда кувонарли холат чунки хар утказиладиган ярмаркаларда ёшларимиз иш билан таминланади.


Fikringizni qoldiring

+