Uzunda tashkil etilgan O‘zLiDeP forumida 60 nafarga yaqin xotin-qizlar va yoshlar ishli bo‘ldi

18.07.2018, 14:10

Uzunda tashkil etilgan O‘zLiDeP forumida 60 nafarga yaqin xotin-qizlar va yoshlar ishli bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP tashabbusi bilan “Har bir oila- tadbirkor” hamda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlarini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusida forum o‘tkazilmoqda.

Forum doirasida tashkil etilgan yarmarkada Uzun tumanidagi 10 dan ortiq tashkilot, korxona va muassasalar hunarmandchilik, quruvchilik, kasanachilik hamda kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha  bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.  

Amaliy ruhda bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasida tumandagi 60 dan xotin-qizlar va uyushmagan yoshlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, o‘zlari yoqtirgan kasb bo‘yicha ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    950
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-07-18 17:15:55

Ёшлар бандлигини таъминлашга барчамиз бирдек масъулмиз. Шу каби бўш иш ўринлари ярмаркаларини доимий ўтказилишини таъминлашимиз зарур.


Saboxat Babayeva Sirdaryo viloyati "Ayollar bo'limi " mudiri2018-07-18 15:03:33

Bu kabi o'tkazilayotgan forumlar yurtdoshlarimizning doimiy ish joylariga ega bo'lishiga xizmat qilmoqda.


Fikringizni qoldiring

+