BPT raisi “Shuhrat” medali sohibi

31.08.2017, 19:12

BPT raisi “Shuhrat” medali sohibi

2017-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va fermerlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. E’tiborlisi ushbu Farmon bilan mukofotlanganlar qatorida Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi  “Sayqal” ishlab chiqarish korxonasi rahbari Niyazov Abduraxmon Abduraximovich ham bor. Niyazov Abduraxmon Abduraximovich davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti va garovi bo‘lgan o‘rta sinf – mulkdorlar sinfini shakllantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, o‘zining samarali mehnati, bilim va tajribasi bilan respublikamizning iqtisodiy qudratini, uning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shahar va qishloqlarimizni obod qilish ishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan yurtimiz tadbirkor va fermerlari qatorida e’tirof etildi va u “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi!

Bu xabar barcha qatori Tadbirkorlar va Ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi Farg‘ona shahar Kengashini ham quvontirdi. Chunki, Niyazov Abduraxmon Abduraximovich 2004 yildan buyon partiyamiz a’zosi va 2014 yildan boshlab “Sayqal” ishlab chiqarish korxonasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. A.Niyazov ham tadbirkor, ham korxonadagi boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi sifatida O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi bilan doimiy aloqa o‘rnatgan hamda O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

“Sayqal” ishlab chiqarish korxonasi 2000 yilda o‘z faoliyatini boshlagan va bugungi kunga kelib korxonada 110 nafardan ortiq ishchi hodimlar mehnat qilmoqda. Korxona kattalar va bolalar uchun nogironlik aravachalari va eshitish moslamalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishdan tashqari korxona ta’sischiligi ostidagi ishlab chiqarish sub’ektida neft qazib olish sohasida qo‘llaniladigan bir qator vositalarni ham ishlab chiqarmoqda. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, jumladan, nogironlik aravachalari o‘zining sifatli va arzonligi, qulayligi sababli respublika bozoridagi mavjud talabning asosiy qismini ishlab chiqarmoqda. Bu sohada buyurtmalarning ko‘pligi sababli korxona ishchi va xizmatchilari tinim bilmay mehnat qilmoqdalar. Asli kasbi shifokor bo‘lgan tadbirkor A.Niyazov imkoniyati cheklanganlarga qulaylik yaratish maqsadida olib borayotgan faoliyati taqsinga loyiq. O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi partiyamiz a’zosi va faoli A.Niyazovni faoliyati bundanda rifojlanishini, kelgusida ham mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini yanada ko‘proq qo‘shishligini hamda hamkorligimiz bardavom bo‘lishligini tilab qolamiz!

Oripov Axmadjon
O‘zLiDeP Farg‘ona shahar
kengashi raisining birinchi
o‘rinbosari-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1677
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+