“Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi joylarda keng targ‘ib qilinmoqda

19.07.2018, 14:24

“Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi joylarda keng targ‘ib qilinmoqda

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi “Tupraqala” qishlog‘ining Nukus, Gurlan, Xazorasp, Xonqa, Xiva va Sorimay mahallasi yoshlari uchun amaliy muloqot tashkil etdi.

Tadbirda Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va uning joylardagi ijrosi yuzasidan kengroq ma’lumotlar berildi.

Qayd etilganidek, zamonaviy bilim va ko‘nikmalariga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan, barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash, mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.

– Har bir oilada sulola davomchilari uning farzandlari xisoblansa, har qaysi davlatning kelajagi va davomchilari shu yurt yoshlari xisoblanadi, – deydi O’zLiDeP deputati G.Matmuratova. – Bugun yurtimizda yoshlar uchun barcha imkoniyatlar bor. Mazkur huquqiy hujjat esa vohamizda is’tedodli yoshlarning yanada ko‘payishi, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirda yoshlarning qiziqish va iqtidori, kelgusidagi rejalari o‘rganildi. Bildirilgan taklif va muammolar deputatlik nazoratiga olindi.

M. ABDIRIMOV,

O‘zLiDeP Hazorasp tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1439
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O'zLiDeP Бухоро туман Кенгаши раисининг 1-ўринбосари - аппарат раҳбари - Саттор Бафоев2018-07-20 14:00:54

Барча соҳаларда бўлганидек, тадбиркорлик сўҳасида ҳам берилган бундай катта имкониятдан ёшларимиз унумли фойдаланишлари лозим.


Бахтиёр Исмоилов - Ғиждувон тумани ижрочи котиби2018-07-19 15:25:18

Мамлакатимиз мустақиллигининг биринчи кунидан ёшларимизга эътибор юқори даражада қаратилган. “Yoshlar – kelajagimiz” давлат дастури ҳам шу эътиборнинг бир намунаси деб ҳисоблайман. Ҳозирги ёшларга ҳавасим келади. Ажойиб имкониятлар, фойдаланиб қолиш керак.


O'zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими ходими - Маъмуржон Абдуллаев2018-07-19 14:47:03

“Yoshlar – kelajagimiz” давлат дастури ёшларимизнинг янада ўз имкониятларини юзага чиқаришига, ёшлар орасида тадбиркорликнинг ривож топишига сабаб бўлмоқда


Fikringizni qoldiring

+