O‘zLiDeP ko‘magida Labisoy ko‘chasi obod bo‘lmoqda (VIDEO)

19.07.2018, 14:43

O‘zLiDeP ko‘magida Labisoy ko‘chasi obod bo‘lmoqda (VIDEO)

Shu kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Namanganda ham “Obod qishloq” dasturi doirasida qayta qurish, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Chunki bugun viloyatda dastur doirasida “O‘zLiDePning obod ko‘chalari” aksiyasi keng quloch yozgan.

–Aksiya doirasida 11 ta tumanda 71.059 ta xonadonni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ularning infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi apparat rahbari Nosirjon Abdullayev.– Shu bois, hozirga qadar hamkor tashkilotlar ko‘magida 234 ta xonadonning tashqi fasad qismi qayta ta’mirlandi. 8 kmdan ortiq yo‘llarga shag‘al yotqizilib, 1600 metri asfalt qilindi. Shuningdek, 40 ta stolba, 2 ta yangi transformator o‘rnatildi. Qolaversa, aholiga 512 ta gaz ballonlar tarqatilib, toza ichimlik va oqova suv inshootlarini yaxshilash uchun 315 ta lotoklar yotqizildi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur amaliy ishlar viloyatning Chust tumanida ham qizg‘in tus olgan. Boisi, 230 ming aholi istiqomat qiluvchi tuman viloyatda aholi zichligi bo‘yicha 2-o‘rinda turadi.

–Loyiha doirasida bizning tumanda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi xalq deputatlari Chust tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Vaqqos Oripov. – Xususan, 950 metrdan iborat “Pansada” mahallasidagi Labisoy ko‘chasida joylashgan 8 ta xonadonning tashqi fasad qismi ta’mirlandi. Ayni chog‘da esa tirbandlikni oldini olish maqsadida ko‘chaning 850 metr qismida ta’mirlash va kengaytirish ishlari olib borilyapti.

Ha, bugun “Obod qishloq” dasturi doirasida viloyatda olib borilayotgan ishlarni kuzatar ekansiz, bunda xalqimizning hashar, mehr-oqibat kabi ulug‘ qadriyatlari o‘zining amaliy ifodasini topayotganiga yana bir bor guvoh bo‘lasiz. 

  Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+