Kattaqo‘rg‘onda 20 dan ortiq xotin-qiz chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

19.07.2018, 14:57

Kattaqo‘rg‘onda 20 dan ortiq xotin-qiz chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi “Sog‘lom oila –mustahkam oila” loyihasi doirasida tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etdi.

Ko‘rik davomida 20 dan ortiq xotin-qizlar salomatligi shifokorlar nazoratidan o‘tkazildi. Ular orasida oila qurish arafasida bo‘lgan Samandar Nag‘matov va Yulduz Farmonovalar ham bor.

–Yaqinda to‘yimiz bo‘ladi. Shu bois, to‘y oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun mazkur muassasaga kelgan edik, – deydi S.Nag‘matov. – Barcha shifokorlar ko‘rigidan bepul o‘tdik. Buning uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Ta’kidlash kerak, bugun O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan ko‘riklar doirasida aholi o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish maqsadida bemorlarga  zarur tavsiyalar berilmoqda. Kasalligi aniqlangan bemorlarga bepul dori-darmon vositalari tarqatilmoqda.    

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1179
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-22 19:47:51

Туман партия кенгаши томонидан жуда савобли иш амалга оширилибди. Зеро, оналарни асраш, миллатни асраш деганидир. Бундай савобли ишларингизга омад тилайман.


Н.Саимова Навоий вилояти2018-07-19 16:49:05

Ҳалқимизнинг тиббий маданиятини ошириш ва бепул тиббий кўрик ташкиллаштириш орқали хотин-қизларнинг саломатлигини ҳимоя қилиш ҳамда турли касалликларни олдини олиш билан баробардир.


Fikringizni qoldiring

+