O‘zLiDeP ilgari surayotgan “Veb-frilans” faoliyati uyushmagan yoshlar va uyda o‘tirgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaydi

19.07.2018, 16:55

O‘zLiDeP ilgari surayotgan “Veb-frilans” faoliyati uyushmagan yoshlar va uyda o‘tirgan  xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaydi

Joriy yilning 19 iyul kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “Veb-frilans” va “veb-frilanser”lik faoliyati mazmun-mohiyati hamda uni O‘zbekistonda qonuniy yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zLiDeP tashabbusi bilan ilgari surilayotgan mazkur faoliyatning mohiyati hamda uni mamlakatimizda qonuniy yo‘lga qo‘yish tendensiyalari xususida atroflicha fikr almashildi. Ta’kidlandiki, Veb-frilanserlar – bu har qanday ish beruvchi bilan uzoq muddatli shartnoma majburiyatlarisiz, mustaqil ravishda ishlaydigan insonlardir. Ular bir nechta ish beruvchilarga yoki mijozlarga qisqa muddatli shartnomalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi yoki ishlarni bajaradi. Bu faoliyat o‘z ichiga jurnalistdan tortib shifokorlargacha bo‘lgan o‘nlab mutaxassisliklarni qamrab oladi.

Umuman olganda, frilanserlar – internet imkoniyatlaridan unumli foydalanuvchi mutaxassislar hisoblanishadi. Shuningdek, shtatga rasmiylashririlmagan buxgalter, huquqshunos yoki xodimlar bo‘limi mutaxassisini ham frilanserlar guruhiga kiritish mumkin.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu faoliyat turi dunyoda, xususan, AQSh, Rossiya va Yevropaning boshqa qator mamlakatlarida shiddat bilan rivojlanayotganini ta’kidlashdi. Ko‘plab mamlakatlarda faoliyatning ushbu turi qonuniy asosga ega. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda Amerikada ish bilan band aholining 37, Rossiya Federatsiyasida 4, Hindistonda esa taxminan 1,5 foizini frilanserlar tashkil etadi.

 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakilining fikricha, bu soha biz uchun ham butunlay begona emas. Mamlakatimizda bugun internet imkoniyatlaridan foydalanib, uyda o‘tirgan holda faoliyatning ushbu turi bilan shug‘ullanayotganlar bor, albatta. Aslida bu ham tadbirkorlikning bir ko‘rinishi. Faqat hozircha ularga qonuniy asos yaratib, soha aniq tizimga solinmagan. Lekin ushbu faoliyat kasanachilikning sifatlarini o‘zida aks ettirishini inobatga olsak, mamlakatimizda faoliyatning ushbu turiga boshqacha aytganda, internet orqali erkin ishlaydigan xodimning huquqiy maqomini ishlab chiqishga qonuniy asoslar mavjud. Faqatgina bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasini atoroflicha o‘rganish va shu asosda taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish zarur. Zero, innovatsion rivojlanish yo‘lini tanlagan mamlakatimiz uchun ushbu faoliyatni rivojlantirish zamon talabi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu ma’noda mazkur masalada O‘zLiDeP alohida tashabbus bilan chiqayotgani va bugungi ochiq muloqotni tashkil qilgani bu borada dastlabki muhim qadamdir.  

Ochiq muloqotda partiya faollari ham kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ta’kidlanganidek, bugun mamlakatimizda Veb-frilanser sohasini qonunlashtirish intellektual mehnat bozori va elektron tijorat bozorini rivojlantirish va tartibga solish uchun yaxshi imkoniyatdir. Frilansingni qonuniylashtirishning afzalliklari ko‘p. Avvalo, bu faoliyat turi elektron tijoratni rivojlantirishga xizmat qiladi. Budjetga qo‘shimcha daromad keltiradi va eng asosiysi aholining alohida qatlamlarini ishga joylashtirish va intellektual resurslarni mamlakatdan chiqib ketishini oldini oladi.  O‘zLiDePning fikricha, mamlakatimizda yakka tadbirkor uchun ruxsat etilgan faoliyat ro‘yxatida “veb-frilanser” tushunchasini kiritish kerak. Buning uchun, albatta joylarda ushbu mavzuga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etish va mazkur masala yuzasidan avvalo yoshlarning takliflarini o‘rganish lozim.

Partiyamiz tomonidan ushbu tashabbusni ilgari surilayotgani bejiz emas. Negaki, bugun mamlakatimizda o‘z sohasini yaxshi biladigan, kamida 2-3 ta xorij tilini biladigan, lekin hech qayerda doimiy ishlamayotgan uyushmagan yoshlar, uyda o‘tirgan xotin-qizlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ma’lumotlarga qaraganda, onlayn erkin almashuv kurslarida O‘zbekistondan taxminan 1500 nafar frilanser ro‘yxatga olingan. Agar mamlakatimizda biznesning ushbu zamonaviy turiga qonuniy asos yaratilsa, ular bemalol, qonuniy ish yuritishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lumki, joriy yilning 14 mayida davlatimiz rahbarining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Unda mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni Internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish uchun zamonaviy mexanizm va tartib-taomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish bo‘yicha qator dolzarb vazifalar belgilangan.

Muloqot ishtirokchilarining fikricha, “Veb-frilans” va “veb-frilanser”lik faoliyati rivojlanishi ushbu vazifalar ijrosini ta’minlashga ham bevosita xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, biznesning ushbu turi mamlakatimiz intellektual mehnat bozorini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Jonli va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda kun tartibida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar bildirildi. Ular umumlashtirilib, O‘zLiDeP bilan hamkorlikda bu kabi tadbirlarni ko‘proq o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    504
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Виктор2018-07-25 22:48:04

Хорошая идея. Когданибудь, однажды, веб фриланс станет официальной деятельностью в Узбекистане. Лет через 50...


Sultan2018-07-20 12:54:16

Фрилансеры это не домохозяйки вам они зарабатывают в среднем 1-3 тыс долларов в месяц на просторах зарубежного интернета. В Узбекистане нет ит специалистов по этому считаете и думаете так.


Зульфия2018-07-20 11:34:11

Наверное очень хорошая идея ,только узнать куда нужно подойти ,мне осталось до пенсии год ,но у меня очень болят ноги и очень сложно ходить на работу я бы работала дома и платила налоги .Я бы могла печь ,но к сожалению в первом микрорайоне воду дают утром на два часа и вечером на два часа и так шесть лет мы живем ,а в первом микрорайоне живут больше трех тысяч человек ,зимой проблемы с газом и светом в этом году тоже были ,если например шить ,так как швейные машинки электрические .


Fikringizni qoldiring

+