Angrenlik partiyadoshlarimiz malaka oshirdi
19.07.2018, 17:52
Milliy qonunchilik, fan, texnika va texnologiyalarning eng ilg‘or yutuqlari asosida siyosiy ta’limni yo‘lga qo‘yish siyosiy partiya faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi ciyosiy ta’lim markazi tomonidan partiya hududiy tashkilotlari apparat rahbarlari, mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhi rahbarlari hamda ijrochi kotiblari malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar ham ana shunday ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.
Ayni chog‘da mazkur o‘quvlarning respublika va viloyat bosqichlari yakunlanib, tuman va shahar bosqichlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
O’zLiDeP Angren shahar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan seminarda ham partiya shahar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, BPT raislari, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolarining bilim va malakasi oshirildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida interaktiv usullar qo‘llanilib, ishtirokchilarning o‘rganilayotgan mavzuni chuqur anglashi, o‘z fikrini erkin bayon etib, faol bo‘lishiga keng imkon berildi.
Ular kichik guruhlarga bo‘linib, partiya ishini samarali tashkil etish, uning tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, bo‘lajak saylovlarda faol ishtirok etish, jamiyatni isloh qilishda boshlang‘ich partiya tashkilotlari faolligi hamda partiya guruhlari tashabbuskorligini oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
Seminar yakunida partiya shahar kengashi faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchilik va mumuammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
O‘zLiDeP Toshkent viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ona tilim o‘lmaydi
18.10.2023, 17:36
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda
05.09.2023, 16:36
-
Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
Fikringizni qoldiring