Jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi

20.07.2018, 09:38

Jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
Toshkent tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan partiya tuman kengashi xodimlari va faollari malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
 
Partiya viloyat va tuman kengashlari mas’ullari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari va partiya faollari ishtirok etgan muloqotda partiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirish, bu borada yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar va galdagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
 
– Bu kabi muloqotlar partiya xodimlari va faollari uchun albatta foydali bo‘ladi, – deydi partiya tuman kengashi apparat rahbari D.Ismoilova. – Boisi, ular mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati, bu borada qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek, partiya faoliyatiga doir tadqiqotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
 
Tanqidiy-tahlil ruhida o‘tgan seminarda mamlakatimizda qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosi, aholi tomonidan bildirilayotgan shikoyatlarning hal etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, muammoli masalalarni deputatlik guruhida ko‘rib chiqish va xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasiga masalalar kiritish, ushbu masalalar yuzasidan mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.
 
 
Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1687
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-07-20 10:25:02

Jamoatchik nazorati davrning talabi bo'lgan juda kuchli tizim.


Fikringizni qoldiring

+