Sariosiyoda O‘zLiDeP tomonidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosi amalga oshirilmoqda

20.07.2018, 12:58

Sariosiyoda O‘zLiDeP tomonidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosi amalga oshirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP tashabbusi bilan Surxondaryoda “Har bir oila – tadbirkor” hamda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlarini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusida forum o‘tkazildi.

Uzun tumanida o‘z yakuniga yetgan forumning ikkinchi qismi Sariosiyo tumanida tashkil etildi. Forum doirasida tumandagi Madaniyat uyida “Har bir oila – tadbirkor” dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusidagi amaliy muloqot  bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalar yuzasidan atroflicha tushuntirish va ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida muloqot ishtirokchilari uyma-uy yurib, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikning turli yo‘nalishlarini boshlashlariga yaqindan ko‘maklashdilar, soha vakillari, mutaxassislar ishtirokida master-klasslar o‘tkazildi, o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlar berishga kelishib olindi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    994
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+