O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi ko‘magida isroillik hamkorlar bilan qiymati 5 mln. dollarlik gidroponika issiqxona quriladi

20.07.2018, 16:03

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi ko‘magida isroillik hamkorlar bilan qiymati 5 mln. dollarlik   gidroponika issiqxona quriladi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi “Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi” ko‘magida isroillik bir guruh tadbirkorlar farg‘onalik hamkasblari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Furqat tumanidagi “Tomosha Agro” MChJ Isroilning “V-Group” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memarandum imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, Furqat tumanida 5 mln. dollarlik gidroponika usulida issiqxona quriladigan bo‘ldi. Loyihani amalga oshirish maqsadida Furqat tuman Davlat xizmatlari markazidan “VP- Tomosha Agro” MChJ davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi va unga qo‘shma korxona guvohnomasi topshirildi.

Yaqin kunlarda “Bog‘dod sohillari” MChJ ham isroillik tadbirkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri X.Rahmonovning fikriga ko‘ra, qiymati 10 mln. dollarga teng bo‘lgan mazkur loyiha ishga tushsa, yiliga 3 ming tonna kurka go‘shtini qayta ishlash, 300 dan ortiq yoshlarni ish bilan ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.  

Ko‘rinib turganidek, partiyaning tadbirkorlar orasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli ishlari amaliy natijalarda ham o‘z ifodasini topmoqda.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    721
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

холисхон 2018-08-18 12:43:31

Исиккхона учун Кридит ололмаяпман хужат таерлаб булгунимча узгартириш киритилади 4 маротиба хужжат таерладим Агро банк хамон вада бермокда Ким ердам беради Россиянинг Новосибирск шахрида Исиккхонада малака ошириб келдим 4 сутик Исиккхона егочдан курдим 2 йил булди темирга алмаштириш керак лекин Кридит ололмаяпман кимга мурожат килсам булади. ОЛДИНДАН РАХМАТ


сайдалиева мохичехра2018-07-22 08:29:25

Мани фикрим шу партия ходимлари бизга хам шундай кушма корхона очиш имкониятини яратишса ман гидропоника усулида иш бошлаганман лекин куп муаммога дуч келиб Ишим олдинга силжимаяпти кумаклашишни иложи борми


Нодирбек Ботиров2018-07-20 18:17:40

Вилоятимизга инвеститцияни жалб этиш борасида алббатта партиямизни ҳиссаси катта деб уйлайман. Шундай инвесторларни туманларга айниқса чекка туманларга ҷалб этсак нур устига ало нур буларди.


Fikringizni qoldiring

+