O‘zLiDeP tadbirkorga kadastr hujjatini rasmiylashtirishga ko‘maklashdi

20.07.2018, 16:07

O‘zLiDeP tadbirkorga kadastr hujjatini rasmiylashtirishga ko‘maklashdi

To‘rtko‘llik O‘g‘iljon Sultanova “Ullubog” OFYda joylashgan bir qavatli 3 ta xizmat xonasidan iborat bo‘lgan shaxsiy do‘kon binosini o‘g‘li Xayrulla Matirzayevga vasiyat qilib qoldirgan edi. Lekin X.Matirzayev vasiyatnomaga asosan o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonini va mulkni belgilashda turli muammolarga duch kelmoqda.

Shu bois, u  vasiyatnomaga asosan o‘ziga tegishli yer maydoni va do‘konni hamda turar joyni belgilab olishda qiynalayotganini aytib, O‘zLiDeP tuman Kengashiga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Murojaatga asosan, O‘zLiDeP To‘rtko‘l tuman Kengashi Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi To‘rtko‘l filiali boshlig‘i Gulom Matkarimovga xat yubordi. Natijada fuqaro X.Matirzayevning onasi tomonidan vasiyat qilingan yer maydoni va turar joyi kadastr hujjatlari bilan to‘liq rasmiylashtirilib berildi.

Partiya ko‘magida muammosi hal etilgan X.Matirzayev shaxsiy do‘kon binosida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

Y. MATKARIMOV,

O‘zLiDeP To‘rtko‘l tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    578
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-23 08:02:53

Партиямиз фаоллари тамонидан тадбиркорликни куллаб кувватлаш борасидаги хайрли ишлари бу хакикатдан хам амалий ердам саналади. Тадбиркоримизнинг келгуси ишларида ривож тилаймиз


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-21 11:03:01

Х.Матирзаевнинг тадбиркорлик фаолиятига ривож тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+