Uzunda tashkil etilgan O‘zLiDeP forumida 100 dan ortiq xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

20.07.2018, 16:52

Uzunda tashkil etilgan O‘zLiDeP forumida 100 dan ortiq xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP tashabbusi bilan Surxondaryoda “Har bir oila – tadbirkor” hamda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlarini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusida forum o‘tkazildi.

Forum doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish, tumanda yashovchi xotin-qizlar salomatligini yanada yaxshilash maqsadida “Sog‘lom va mustahkam oila – jamiyat boyligi va kelajak poydevori” shiori ostida  bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  Tibbiy ko‘rik tumandagi “Qarashiq” mahallasidagi  72- sonli oilaviy poliklinikasida o‘tkazilib, unda Uzun tumani tibbiyot birlashmalarining malakali shifokorlari tomonidan  100 dan ortiq xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida xotin-qizlarga  o‘z salomatliklarini  tiklashlari uchun maslahat va zaruriy  ko‘rsatmalar berishdi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1190
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-07-21 19:12:52

Хотин-қизларимиз учун бепул тиббий кўриклар ўтказиш уларнинг соломатлигига алоҳида эътибор қаратиш барчамизнинг инсонийлик бурчимиздир


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-21 10:46:33

Хотин-қизларимизни тиббий кўрикдан ўтказилиши бу уларнинг соломатлигига бўлган эътибордир


Асилабону Султонова O‘zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Мафкуравий тарғибот-ташвиқот ишлари бўлими мудири2018-07-21 09:03:42

“Соғлом ва мустаҳкам оила – жамият бойлиги ва келажак пойдевори” шиори остида хотин-қизлар ўртасида ташкил этилаётган бепул тиббий кўриклар келажак авлоднинг соғлиғини сақлаш ва мустаҳкамлашда, оилаларда соғлом муҳитни шаклланишида муҳим аҳамият касб этади.


O‘zLiDeP аъзоси Бахадирханова Нилуфар, Яшнобод тумани2018-07-20 17:37:00

Халқнинг дардини тинглаб уни қийнаётган муаммоларга ечим топиб, Хар-бир худуддан сайланган депутатлар фаол бўлса, жойлардаги ижтимоий - иқтисодий муаммолар ўз ечимини топади.


Fikringizni qoldiring

+