Deputat yoshlarni “Har bir oila – tadbirkor” dasturi mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi

20.07.2018, 17:50

Deputat yoshlarni “Har bir oila – tadbirkor”  dasturi mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi – oilalarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga qulay sharoit yaratish barobarida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, aholining turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ana shu fikr bot-bot takrorlandi.

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati K.Djumamuratovaning aytishicha, dastur ijrosini ta’minlash borasida joylarda tashkil qilingan ishchi guruhlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bu boradagi huquqiy mexanizmni yanada takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlash olib bormoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarning huquqiy savodxonligini yanada oshirishga ham alohida e’tibor qaratilyapti.  

–Viloyatimizda tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlar  ko‘p, – deydi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Sh.Safarbayev. – Shu bois, tadbir davomida aholi, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, o‘z biznesini boshlash istagida yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik.

Tadbirda aholini qiynayotgan turli muammolar o‘rganilib, ayrimlari shu yerning o‘zida hal etildi. Ba’zi masalalar esa deputatlik nazoratiga olindi.

                                                                         Abdulla RO‘ZMETOV,

O‘zLiDeP Urganch tuman

Kengashi raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1276
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-07-28 08:13:46

Хурматли Президентимиз тамонидан шу йилининг 7 июнь санасида кабул килинган 3777 сонли карори асосида "Хар бир ойла тадбиркор" дастури кенг жамоатчилик тамонидан кизгин куллаб кувватлангани гувохимиз. Мана яна бир имконият сектор рахабари ва ОФЙ МФЙ рахбарлари тавсияномаси билан 3- ва 5 йил муддатга эенг кам иш хакининг 150 барабаригача 7 фойзли крдеитлар олиш ва хар бир ойла тадбиркорликни йулга куйиб даромад туплаб ойла фарованлигини таъминлаб гина куймасдан янги иш уринлари яратиб жамиятимиз ривожига хам хисса кушиши назарда тутилган.


даврон2018-07-26 23:52:52

Салом биз ойламиз билан тадбиркорликни йулга куймокчимиз 7 - 4 фойзлик кредитлар ажратилдими


Fikringizni qoldiring

+