Sud qarorlari Oliy sudi veb-saytida tizimli ravishda e’lon qilib boriladi

21.07.2018, 23:56

Sud qarorlari Oliy sudi veb-saytida  tizimli ravishda e’lon qilib boriladi

Kuni kecha Prezidentimizning “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.

Farmonda barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotining kengaytirilgani aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyati ochiqligini oshirish borasida ustuvor vazifalar belgilandi. Bundan tashqari, odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq ish yuritish belgilab qo‘yildi.  

Farmoning birinchi bandida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda e’lon qilish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish, qabul qilingan sud hujjati o‘qib eshittirilganidan so‘ng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishni joriy etish, sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar o‘tkazishlik ma’lum qilingan.

Prezidentimiz farmonida aholining huquqiy savodxonligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Endilikda yangi chiqqan qaror yoki farmonni xalqqa yetkazishda sayor qabullar tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlar hamda OAVlari orqali keng targ‘ib-tashviq qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Sevara MUSLIMOVA,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1753
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-22 19:33:37

Президентимизнинг бу фармони суд ҳокимиятнинг янада очиқлигини, шаффофлигини таъминлайди, судьяларнинг қабул қилган қарорлари, ажримлари, ҳукмлари бўйича масъулиятини оширади, халқнинг ҳуқуқий саводхонлигини оширишга кўмаклашади.


Fikringizni qoldiring

+