O‘zLiDeP deputatlari 14 yildan beri noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan “Xorazm avtomobil bozori” masalasini sessiya kun tartibiga olib chiqadi

22.07.2018, 00:02

O‘zLiDeP deputatlari 14 yildan beri noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan “Xorazm avtomobil bozori” masalasini sessiya kun tartibiga olib chiqadi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi va Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mahalliy budjetga tushumlar tushirish bo‘yicha viloyatdagi avtoturargohlar, avtomabil bozorlaridagi tushumlarning budjetga o‘z vaqtida to‘lanish holati tahlil qilindi. O‘rganishlar jarayonida “Xorazm avtomobil bozori” MChJning 2004 yildan buyon faoliyat yuritib, 10 000 m2 yer maydonidan mahalliy budjetga hech qanday yer solig‘i to‘lamasdan noqonuniy foydalanib kelayotgani, Urganch tumanidagi “Red Rubin” MChJga qarashli “Zamonaviy tipdagi avtomobillarning ikkilamchi savdo bozori” va “Avto ehtiyot qismlari savdo majmuasi”ni ishga tushirish bo‘yicha Urganch tuman hokimining 2018 yil 20 yanvardagi 122-sonli qarori ijrosi ta’minlanmagani hamda yangi avtomobil bozori ishga tushirilmagani, aniqlangan edi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan kuni kecha partiya viloyat Kengashi tashabbusi bilan navbatdagi qo‘shma yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mazkur masala yuzasidan viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U.Matkarimov, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Q.Igambergenov hamda davlat raqobat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i J.Nazarovlarning axborotlari eshitildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 14 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Xorazm avtomobil bozori” MChJ tomonidan ajratilgan yer maydoni belgilangan muddatda o‘zlashtirilmagani, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib ro‘yxatdan o‘tkazmagani va yer solig‘i to‘lamasdan kelgani uchun Urganch shahar hokimining qarori bilan 10.000 kv.metr yer davlat ixtiyoriga qaytarilgan.

Biroq, jamiyat shu kungacha 10.000 kv.metr va shahar hokimligi zaxirasidagi 10.700 kv.metr, jami 20.700 kv.metr yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy ravishda panjara va devorlar bilan o‘rab olib, foydalanib kelmoqda. Shuningdek, davlat ixtiyoridagi ko‘kalamzorlashtirib qo‘yiladigan 4000 kv.metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab 58*69 metr temir panjarali poydevor bilan noqonuniy o‘rab olgan.

Yig‘ilish yakunida Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi va doimiy komissiyasi a’zolariga kun tartibidagi masalalar yuzasidan olib boriladigan ishlar ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini olib borish va mazkur masalalar ijrosini taminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga taklif kiritish belgilandi.

Shavkat Safarbayev,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi,

doimiy komissiya raisi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    556
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-22 19:28:29

Бу депутатлар томонидан ташланган жуда катта жасоратли қадам. Нима учун? Чунки пул бор жойда коррупция бор, коррупция бор жойда тазйиқ бор. Депутатлик гуруҳи аъзоларининг бирдамлиги, қатъиятлиги, жасорати таҳсинга сазовор. Нима бу ернинг ноқонуний эканлигини вилоят ҳокими, прокурори, ИИБ, ДСИ, департаменти билмаганми? Жуда яхши билишган. У ёғи уларнинг виждонига ҳавола. Энг муҳими, шундай фидойи депутатларимиз бор экан, Ватанимиз иқтисодиёти гуллаб-яшнайди.


Олим Норжигитов, Жиззах вилояти2018-07-22 18:05:56

Буни наҳотки шу пайтгача вилоят раҳбарлари кўрмаган бўлса, бундан раҳбарлар тегишли хулоса чиқариб олса яхши бўлар эди. Давлатга бир сўм пул тўламасдан халқни ризқини қийиб фойдаланиб келган. Шунча жойни бирорта тадбиркорга қонуний қилиб берса бўладику. У тадбиркор давлат бюджетига қанча солиқ тўлайди, нечтадир одамларни иш билан таъминлайди, жамиятга катта фойдаси тегар эди.


Олимжон Тўхтаназаров2018-07-22 01:04:25

Фақат Хоразм вилоятида эмас, балки барча вилоятдаги ноқонуний ишлаётган мажмуалар кўп. Барчасини солиққа тортиш керак. Тўғри уларни орқасида ҳимоячилари бўлиши мумкин. Аммо энди унақанги нарсалар ўтмайди. Улар тадбиркор эмас, давлатни,халқни алдаб келаётган фирибгарлардир.


Fikringizni qoldiring

+