O‘zLiDeP cayyor qabuli: talabaning kontrakt puli tadbirkor va fermerlar homiyligida to‘lab beriladi

22.07.2018, 20:19

O‘zLiDeP cayyor qabuli: talabaning kontrakt puli  tadbirkor va fermerlar homiyligida to‘lab beriladi

Partiya Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatlari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida Kosonsoy tumani Chak MFY aholisi bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda mahalla ahlidan hududda bolalar bog‘chasi qurish, aholini ichimlik suvi, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash, ichki yo‘llar va qishloqdagi mavjud ko‘prikni ta’mirlash hamda aloqa tizimini yaxshilash kabi taklif va murojaatlar kelib tushdi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan Mahbuba Ashurovaning muammosi ham ijobiy hal etildi. U shartnoma asosida tahsil olayotgan farzandini o‘qishi uchun kontrakt pulini to‘lashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

– Mahbuba Ashurovaning farzandi uchun kontrakt puli tadbirkor va fermerlar homiyligi asosida to‘lab beriladigan bo‘ldi, – deydi partiya Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Muzaffar To‘xtasinov. – Shuningdek, Kosonsoy tumanidagi “Odilbek qurilish invest” MChJ rahbari Tohir Mirzayevning 2016 yilda jamiyatining hisob raqamiga 9 105 000 so‘m miqdorida FIB Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining 1/3239-15 sonli hal qiluv qaroriga asosan, boqimanda qarzi va ijro yig‘imi to‘lov mazmunida inkassa topshiriqnomasi qo‘yilgan bo‘yicha partiyaga qilgan murojaati o‘rganib chiqib, ijobiy hal etildi.

Sayyor qabulda mahallada kutubxona tashkil etish masalasi ham ijobiy yechim topadigan bo‘ldi. Xalq kutubxonasi tashkil etish uchun “Har bir oiladan bitta kitob” aksiyasi boshlab yuborildi.

Yulduz Yuldasheva

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashimatbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1191
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Iroda2018-07-23 11:53:21

Juda yaxshi bo'libdi. Hamma hududlarda tadbiq etilsa, yanada yaxshi bolar edi.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-07-23 08:59:57

Сайёр қабуллардан кўзланган мақсадларга эришилганидан халқнинг қувончи чексиз.


Fikringizni qoldiring

+