O‘zLiDeP 25 yigit-qizni ishga joylashtirdi

22.07.2018, 20:24

O‘zLiDeP 25 yigit-qizni ishga joylashtirdi

O‘zLiDeP Xo‘jaobod tuman Kengashi “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturidan kelib chiqib, O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” oldidagi ustuvor vazifalarga qaratilgan forum o‘tkazdi.

Forumda partiya viloyat, tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” faollari, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, uyushmagan yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan partiya faollari “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturi doirasida viloyatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi.

– Partiyamiz mazkur Dasturda belgilangan o‘ta muhim vazifalarni samarali amalga oshirishga qattiq bel bog‘lagan, – deydi O‘zLiDeP Xo‘jaobod tuman Kengashi apparat rahbari Bahodir Saydolimov. – Shu bois ayni chog‘da Dasturda ilgari surilgan vazifalardan kelib chiqib, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ish bilan ta’minlash, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bugungi tadbir davomida ham tumandagi 25 nafar ishsiz yoshlarni “GOLD ASYA” MChJga ishga joylashtirdik.

Forum yakunida “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturining amalga oshirilishiga qaratilgan videorolik namoyish etildi.

 Elyorbek AVULOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    731
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+