2018 yil birinchi yarim yillik yakunlari: Sarhisob va navbatdagi vazifalar

22.07.2018, 20:32

2018 yil birinchi yarim yillik yakunlari: Sarhisob va navbatdagi vazifalar

Samarqandda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi, partiyaning Samarqand viloyat va Nurobod tuman Kengashi deputatlik guruhlarining 2018 yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan brifing tashkil etildi.

Yangi formatda, qizg‘in va konstruktiv ruhda o‘tgan brifingda partiya faollari, deputatlar ishtirok etib, unda O‘zLiDeP deputatlik korpusi vakillarining har qaysi bo‘g‘ini faoliyati tanqidiy-tahliliy jihatdan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Bu bejiz emas albatta. Negaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan 2017 yil 12 iyulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi hamda unda parlament palatalari va barcha deputatlar korpusi faoliyatining tahliliga, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishiga bir yil to‘ldi. Bilamiz unda siyosiy partiya va uning deputatlik korpusi oldida turgan eng muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Xo‘sh, o‘tgan vaqt mobaynida partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasidan tortib, uning barcha bo‘g‘indagi deputatlik guruhlari faoliyatida yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar asosida qanday tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, belgilangan qanday marralarga erishildi va o‘z navbatida yana qanday muhim vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yildi? Brifingda ana shu ko‘lami keng masalalar atroflicha muhokama qilindi.

- O‘tgan davr mobaynida deputatlarimiz o‘z saylovchilari bilan bo‘lgan muloqotlar tizimi tubdan o‘zgardi. Endilikda Qonunchilik palatasidagi fraksiya a’zolari o‘z saylovchilari bilan yil-o‘n ikki oy tizimli muloqotlar olib borishayotgani ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Birgina 2018 yilning yanvar-may oylarida respublikamizning 70 ta tuman va shaharida olib borilayotgan ishlarning haqiqiy holati deputatlar tomonidan chuqur o‘rganildi. Amalga oshirilgan ishlarning natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlarining majlislari o‘tkazilib, ularda hokimlarning, prokuratura, ichki ishlar organlari va soliq xizmati rahbarlarining hisoboti eshitildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi, Budjet va iqtisodiy islohatlar qo‘mitasi raisi A.Shodmonov. - O‘zLiDeP deputatlik korpusi joylarda ishlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar, shuningdek tuman va shaharlar darajasida tashkil etish asnosida o‘tgan davr mobaynida 12 mingdan ortiq xonadonlarga tashrif buyurdilar, 43 mingdan ortiq fuqarolar bilan, shu jumladan, 6,5 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari bilan bevosita suhbatlar o‘tkazdi. Aniqlangan muammolarni hal etishga ko‘maklashish choralarini ko‘rdilar. Mamlakatimiz rahbari tomonidan adolatli tarzda tanqid qilingan deputatlar korpusi qonun ijodkorligi faoliyatida ham ijobiy siljishlar bo‘ldi. Tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini yaxshilash yo‘lida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida agar 2016 yilda O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida bor-yo‘g‘i 5 ta qonun kiritilgan bo‘lsa, 2017 yilda ushbu raqam 7 taga, 2018 yilning birinchi yarim yilligida 8 taga yetdi deya alohida ta’kidladi, notiq o‘z so‘zida. O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirish ham sifat jihatidan o‘zgardi. Jumladan, o‘tgan davr mobaynida Prezidentimiz takliflari asosida Qonunchilik palatasi majlislarida “hukumat soati” doirasida hukumat a’zolarini, shuningdek fraksiya majlislarida esa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va muassasalarning rahbarlarini eshitish mexanizmi joriy etildi va u amalda samarali qo‘llanilmoqda.

Jumladan, O‘zLiDeP tashabbusi bilan “hukumat soati” doirasida O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining respublika aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishida hamda ichimlik suvini tejamkorlik bilan ishlatishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotlari, fraksiya majlislarida esa O‘zbekiston Respublikasi moliya, iqtisodiyot, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, davlat soliq qo‘mitasi rahbarlarining axborotlari eshitildi. Parlament deputatlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z shaxsiy sahifalarini ochishi natijasida hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda parlament vakillarining faolligi sezilarli darajada yuksaldi. Bugungi kunga kelib, fraksiya a’zolari, viloyatlar va tumanlar Kengashlari deputatlari “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida shaxsiy sahifalarini ochdi. Ular tomonidan har kuni turli elektron OAV va tarmoq resurslarida jamoatchilik e’tiborini tortuvchi dolzarb masalalar bo‘yicha 500 dan ziyod axborot materiallari joylashtirilmoqda, jamoatchilik fikrini shakllantirish, ishonchli ijtimoiy-siyosiy axborotni aholiga yetkazish borasida tizimli ishlar olib borilayotir, - dedi Adham Shodmonov o‘z ma’ruzasida.

Shuningdek brifingda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining 6 oylik faoliyati yakunlari tahlil qilindi.

- Tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan turli idora va tashkilot rahbarlariga jami 514 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan. So‘rovlarning 511 tasiga javob olingan bo‘lsa, 3 ta so‘rovga javob kelmagan. Deputatlik guruhlari yig‘ilishlarida 120 nafar mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitilgan. Viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalariga 27 ta taklif kiritilib, 15 ta taklif yuzasidan Kengash qarori qabul qilinishiga erishilgan, deya axborot berdi Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi  rahbari Otabek Ahtamov. - O‘tgan olti oy davomida o‘tkazilgan 53 ta sayyor qabullar jarayonida kelib tushgan 240 ta murojaatning 76 tasi (31,7%) ijobiy hal qilinishiga erishilgan bo‘lsa, 133 ta (55,4%) murojaatga tegishli tashkilot vakillari tomonidan tushunchalar berildi. 4 ta (1,7%) murojaatga rad javobi berilgan bo‘lsa, 27 ta (11,3%) murojaat 2019-2023 yillar tizimli dasturiga kiritilgan.

Xususan, Nurobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan tegishli tashkilotlarga 33 ta deputatlik so‘rovi jo‘natilgan. 11 marta mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitilgan. Xalq deputatlari doimiy komissiyalari yig‘ilishiga 2 ta taklif kiritilgan bo‘lsa xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasi kun tartibiga 3 ta masala kiritilib, ularning 2 tasi yuzasidan qaror qabul qilinishiga erishilgan.

Brifingda joriy yilning ikkinchi yarmida Xalq deputatlari doimiy komissiyalari yig‘ilishlariga taklif kiritish masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qat’iy ta’kidlandi.

Brifingda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi, partiyaning Samarqand viloyat va Nurobod tuman Kengashi deputatlik guruhlarining hamkorlikda tashkil etilgan  2018 yil birinchi yarim yillikdagi faoliyatiga bag‘ishlangan axborotlari ma’lumot uchun qabul qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar belgilab olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+