O‘zLiDeP sayyor qabulida Mansur Ataxonovga tomorqa yeri ajratildi

22.07.2018, 20:39

O‘zLiDeP sayyor qabulida Mansur Ataxonovga tomorqa yeri ajratildi

Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi A.Tangirova, partiya tuman Kengashi xodimlari, tuman yer tuzish va davlat kadastr bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda Yangibozor tuman Uyg‘ur qishlog‘ining “Hayvat” mahallasi ahlining taklif va muammolari o‘rganildi.

Sayyor qabulda mazkur mahallada istiqomat qilayotgan Mansur Ataxanov qo‘shimcha tomorqa yeri yo‘qligi va tomorqachilik bilan shug‘ullanish istagini bildirib qilgan murojaati mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganildi.         O‘rganish natijalariga ko‘ra, shu mahallada yashovchi Avazjon Odamboyeva turmush o‘rtog‘i vafot etganidan keyin fermer xo‘jaligida ish boshqaruvchi bo‘lib ishlashi natijasida tomorqasi qarovsiz yotganini aytib, yerini M.Ataxanovga berishga rozi bo‘ldi.  

– Bugun oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar uchun katta imtiyozlar yaratilmoqda, – deydi Mansur Bazarbayev. – Men ham ko‘pdan beri mahallamizda avtotransport vositalarini yuvish shahobchasini ochish uchun 15 mln so‘m kredit olishda ovvora edim. Bugun partiya faollarining xonadonimizga tashrifidan xursandman. Sababi, ko‘pdan beri hal bo‘lmay kelayotgan ushbu muammoyimni partiya mas’ullari o‘z nazoratiga oldi, zarur hujjatlarimni bankga topshirganimdan keyin qonun doirasida kredit olishim mumkinligi va shunda ham to‘sqinlik bo‘lsa, deputatga uchrashishimni aytishdi.

Shuningdek, imtiyozli kredit olish istagini bildirgan Bekzod Sabirov va O‘rinboy Matnazarovlarning ham muammolari o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi. 

Nilufar Djabbarova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1411
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-23 15:07:52

Партия тамонидан ташкиллаштираетган сайёр қабулда купчилик муоммалар хал килиниб келмокда. Томорка билан шугулланишга истак билирган Мансур Атахановнинг муражаати хам шу жойнинг узида хал килинганлиги гувохи булдик. Ишларингизга ривож тилаймиз.


O'zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими ходими - Маъмуржон Абдуллаев2018-07-23 09:33:25

Аҳоли мурожаатларини ўрганиш ва тегишли тартибда ҳал этиш борасида O‘zLiDePнинг сайёр қабуллари самара бераётгани аҳоли вакиллари томонидан эътироф этилмоқда.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-07-23 09:02:47

Сайёр қабуллардан кўзланган мақсадларга эришилганидан халқнинг қувончи чексиз.


Нажим Атаназаров, Халқ депутатлари Косон туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-23 08:56:40

Бир қрич ердан ҳам самарали фойдаланилса оила доромадига кони фойда.


Fikringizni qoldiring

+