Surxondaryoda O‘zLiDeP tomonidan “Har bir oila- tadbirkor” hamda “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari ijrosi amalga oshirilmoqda

23.07.2018, 14:26

Surxondaryoda O‘zLiDeP tomonidan “Har bir oila- tadbirkor” hamda “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari ijrosi amalga oshirilmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik  partiyasi  Surxondaryo  viloyati Kengashi tomonidan Uzun va Sariosiyo tumanlarida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida “Har bir oila- tadbirkor” hamda “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlarini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusida  Forum o‘tkazildi.

Forum Uzun tumanidagi “Shodlik” madaniyat va istirohat  markazida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi bilan boshlandi. Mehnat yarmarkasida tuman bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida tumandagi 90 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlari o‘zlarining 450 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Mehnat yarmarkasiga kelishgan 350 nafardan ortiq yoshlar ish beruvchilar tomonidan taklif etilgan sohalar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari tanishib, tadbir davomida 58 nafar yosh kasb yo‘nalishi bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanmalarga ega bo‘lishdi.

- Men  o‘tgan yili Uzun Pedagogika kasb-hunar kollejining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni tamomlaganman, - deydi Dilorom Mamatova. O‘zLiDeP tomonidan tumanimizda tashkil qilingan mehnat yarmarkasida ishtirok etib, mavjud  bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdim. Yarmarka davomida o‘zim yashayotgan “Dehqon” mahallasidagi yangi tashkil qilingan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasiga tarbiyachi bo‘lib ishlash uchun yo‘llanma berishdi. Buning uchun tadbir tashkilotchilariga o‘z minnadorchiligimni bildiraman,

Forum doirasida “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi ijrosini samarali amalga oshirish, xususan,  oilaviy  ajrimlar va erta nikohning oldini olish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan  ochiq muloqot  bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Oila va ayollar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva ishtirok etib, davlatimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va imkoniyatlar haqida batafsil to‘xtaldi. Shu bilan bir qatorda Prezidentimizning 2018 yil 7 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Har bir oila-tadbirkor” dasturi mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi xususida o‘z fikr va mulohazalarini bayon qildi. Ochiq muloqot so‘ngida o‘z biznesini boshlayotgan 10 nafardan ortiq yoshlarga tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini ajratish to‘g‘risidagi sertifikatlari topshirildi.

 Forum doirasida  tumandagi “Qarashiq” mahallasida joylashgan 72- sonli oilaviy poliklinikada ayollar va xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil etilib, unda 100 nafarga yaqin ayollar shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida Forum doirasida Sariosiyo tumani Madaniyat va dam olish markazida “Har bir oila – tadbirkor” dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusida  amaliy muloqot  bo‘lib o‘tdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturi mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish uchun olib borilayotgan ishlar va galdagi vazifalar xususida atroflicha tushuntirish va ma’lumotlar berildi.

Murod Eshnazarov,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati  kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1471
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира Навоий вилояти Кармана туман Кенгаши депутати2018-07-23 16:18:37

“Yoshlar – kelajagimiz” дастури ижросини самарали амалга ошириш, ёшларимиз фикрларини яна бир бора эшитиш, хусусан, оилавий ажримлар ва эрта никоҳнинг олдини олиш, ёшлар бандлигини таъминлашга қаратилган. Президентимиз ишонган ёшларга кўмакчи бўлиб, уларни инновацион ғояларини ривожланишига ёрдам беради.


Жўраева Гулбахор O‘zLiDeP Нишон туман Кенгаши раис ўринбосари аппарат рахбари 2018-07-23 15:26:15

“Ҳар бир оила- тадбиркор” ҳамда “Yoshlar – kelajagimiz” дастурлари биз Ўзбекистон аҳолиси учун кенг имкониятлар эшигини очишига ишонамиз, бизлар учун паст % ли кредитлар ҳали бўлмаган. бунинг учун Хурматли Юртбошимизга мингдан минг рахбат.


Бобожонова Р. Шовот туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-23 14:55:25

“Ҳар бир оила- тадбиркор” ҳамда “Yoshlar – kelajagimiz” дастурлари Мамлакатимиз аҳолисига кенг имкониятлар эшигини очишига ишонамиз. Чунки бу даражада паст % ли кредитлар ҳали бўлмаган. Президентимизга мингдан-минг рахмат шундай шароитлар яратиб бераётган. Мухтарам президентимизнинг ертангги таваллуд айёмлари билан чин қалбдан самимий қутлаймиз, умрлари узоқ соғ-саломат бўлиб, дунё тургунча турсинлар, узоооқ йиллар барчамизга бош бўлиб юрсинлар.


Fikringizni qoldiring

+