Uzunda 825 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi

23.07.2018, 17:32

Uzunda 825 o‘rinli nodavlat  maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi

Bu haqda Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi. Unda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri S.Qudratovning xisoboti tinglandi.   

Hisobotda ta’kidlanganidek, bugun tumandagi mavjud 20 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 1 ming 921 nafar bola ta’lim-tarbiya olmoqda. Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida bu ko‘rsatgich 2 ming 681 nafarga yetdi.

–Joriy yilda bir qator bog‘chalarimiz investitsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, hozirda ularda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, – deydi S.Qudratov. – Shuningdek, joriy yil oxiriga qadar 16 ta loyiha asosida 825 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi. 2019 yilda esa yana 3 ta maktabgacha ta’lim muasasasi investitsiya dasturiga kiritildi.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan davlat ixtiyoridagi qarovsiz binolarni tadbirkorlarga “nol” qiymatda berish orqali xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari sonini  ko‘paytirish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Shuhrat RAHMONOV,

O‘zLiDeP Uzun tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2880
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+