Siyosiy o‘quv: ijrochi kotiblar iqtisodiy, huquqiy bilimlarga ham ega bo‘lishi kerak

23.07.2018, 17:36

Siyosiy o‘quv: ijrochi kotiblar iqtisodiy, huquqiy bilimlarga ham ega bo‘lishi kerak

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi huzuridagi siyosiy ta’lim markazi partiya tuman Kengashlari apparat rahbarlari, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashidagi partiya deputatlik guruhi ijrochi kotiblari hamda BPT raislari malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etdi.  

O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishdi.  

– Bugun oldimizda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p, – deydi Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi Azizbek Daliyev. – Bundan buyog‘iga biz nafaqat ijtimoiy-siyosiy, balki iqtisodiy, huquqiy bilimlarga ham ega bo‘lishimiz darkor. Chunki biz xalq ishonchini qozongan deputatlar bilan bevosita ish olib boramiz.

 Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olishdi.

Shuhrat BOZAROV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

huzuridagi siyosiy ta’lim

markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1182
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Дилшодбек Абдуллаев-бўлим мудири2018-07-26 10:56:00

Бундай ўқув семинарларини ташкил этилиши партия фаоллари ва партия ходимлари малакасини ошириб уларни фаолликка чорлаши турган гап.Бундай ўқув семинарларини жойларда тез тез ўтказиб турилиши тарафдориман.


Гулматова Мухаррам Мархамат туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-24 09:26:57

Партия Сиёсий таълим маркази томонидан Аппарт рахбарлари, ижрочи котиблари учун ўтказилиб келаётган амалий семинарлар биз аппарат ходимлари учун ўз мевасини бериб келмоқда.


Набижон Артиков Каттақўрғон шаҳар Кенгаши аппарат рахбари2018-07-24 08:15:03

O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи ижрочи котиблари, партия аъзолари, БПТ раислари учун ўтказилган семинар ўз мевасини сайловларда беради.Ижтимоий-сиёсий, балки иқтисодий, ҳуқуқий билимлар олиш давр талаби.


Fikringizni qoldiring

+