O‘zLiDeP sayyor qabulidan so‘ng 2 fuqaroga 30 million so‘m kredit beriladigan bo‘ldi

23.07.2018, 17:44

O‘zLiDeP sayyor qabulidan so‘ng 2 fuqaroga  30 million so‘m kredit beriladigan bo‘ldi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Sherobod tumanidagi “G‘urjak -1” MFYda sayyor qabul tashkil etdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya viloyat va tuman Kengashi xodimlari hamda mutasaddi tashkilot  vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida hudud ahli tomonidan 20 ga yaqin murojaatlar o‘rtaga tashlanib, ularning aksariyatida joyida hal etildi.

Xususan, shu hududda yashovchi Narzulla Norqobilov va Chori Qorjavovlarning chorvachilik yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida 15 mln so‘mdan  imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati “Xalq banki” mutaxassisi N. Ibragimov tomonidan joyida o‘rganilib, fuqarolarning murojaati qanoatlantirildi.

–Anchadan buyon chorvachilik bilan shug‘ullanish niyatida yurgandim. Lekin faoliyatimni boshlashim uchun yetarli mablag‘im yo‘q edi, – deydi Narzulla Norqobilov. – Shu bois, bu masalada hududimizda tashkil etilgan sayyor qabulda mutasaddilarga murojaat qildim. Ularning ko‘magida kredit olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni bankka taqdim etdim. Umid qilamanki, yaqin kunlarda faoliyatimni boshlashim uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni olaman.

Yig‘ilishda shuningdek, shu mahallada yashovchi P.Qodirovning ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ham xalq noibi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi J.Quvvatov tomonidan o‘rganilib, tuman yo‘l xo‘jaligi unitar korxonasi ma’muriyatiga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.  

Ziyoda QODIROVA,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1187
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиби2018-07-24 10:27:12

Жойларда ўтказилаётган сайёр қабулларнинг самараси бугунги кунда кўпроқ кўзга ташланаётганлигига гувоҳ бўлмоқдамиз. Бў ўз навбатида депутатлар ва партия ходимларининг ишидаги жонланиш партиямиз аъзоларининг янада кўпайишига сабаббўлмоқда.


У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-07-24 09:21:01

Хар каби ўтказилаетган сайёр қабуллар тадбиркорлар ва ҳудудларда яшовчи аҳолининг хар хил мурожаатлари шу жойнинг узида урганилаиб жойида ҳал этилмоқда. Сайёр учрашув халкимизнинг яшаш шаройиларини янада яхшилашда, тадбиркорлик фаолиятларини кенгайттиришда хизмат қилади.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-24 08:51:54

Мурожаатлар ўз ечимини топганлиги биз учун кувонарли, бу каби тадбирларни жойларда кўпроқ ташкил этиб фуқароларимиз муаммоларини ижобий ҳал этилишини таъминлашимиз лозим бўлади


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-24 08:51:54

Мурожаатлар ўз ечимини топганлиги биз учун кувонарли, бу каби тадбирларни жойларда кўпроқ ташкил этиб фуқароларимиз муаммоларини ижобий ҳал этилишини таъминлашимиз лозим бўлади


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-24 08:05:14

Хар бир утказилаетган сайёр қабул давомида ҳудудларда яшовчи аҳолининг хар хил мурожаатлари шу жойнинг узида урганилаиб жойида ҳал этилади. Бу эса халкимизнинг яшаш шаройиларини янада яхшилашда, тадбиркорлик фаолиятларини кенгайттиришда, келгуси ишларини режалаштириб олишда асос булари сузсиз


Fikringizni qoldiring

+