O‘zLiDeP paxtachilik yoshlarga “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi mazmun-mohiyatini tushuntirdi

24.07.2018, 17:56

O‘zLiDeP paxtachilik yoshlarga “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi mazmun-mohiyatini tushuntirdi

O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi tuman Yoshlar ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda Prezidentimizning “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi apparat rahbari Uzoqjon Xamirayev qaror mazmun-mohiyati haqida gapirar ekan, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida  alohida to‘xtalib o‘tdi.

–Ilgari tadbirkor deganda, yoshi qirq-elliklarga borgan kishi tushunilardi, – deydi Uzoqjon Xamirayev. – Bugun yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilgan, imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi qaror va farmonlarning barchasi ularning kamoloti uchun xizmat qilmoqda. Shu bois, bugungi yoshlar kasb-hunar kollejini tamomlamasdan oldin tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni maqsad qilib, biznes rejalar tuzib qo‘ymoqda.  

Tadbirda Yoshlar ittifoqi tuman kengashi mas’ullari tomonidan “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturini ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va rejalashtirilayogan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1166
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-24 18:35:02

Ёшлар билан ишлаш, уларнинг ичига кириб бориш, улар муаммоси, дарди билан яшаш ва ҳал этилишига кўмаклашиш-партиямиз фаолларининг, партиядан сайланган депутатларимизнинг биринчи навбатдаги вазифаси бўлиши керак. Ёшларнинг партия сафларига кенг жалб этилиши партиямиз сафларининг келгусида янада кенгайишига олиб келади.


Fikringizni qoldiring

+