O‘zLiDeP sayyor qabuli: Ozoda Ro‘ziyeva “Chehra” korxonasiga ishga joylashdi

24.07.2018, 18:05

O‘zLiDeP sayyor qabuli: Ozoda Ro‘ziyeva  “Chehra” korxonasiga ishga joylashdi

O‘zLiDeP Uzun tuman Kengashi tomonidan “Shodlik” madaniyat va istirohat  bog‘ida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda partiya tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida “Xursand” mahallasida yashovchi Tojixol Aliqulova tikuvchilik sexini kengaytirish uchun 7 mln, “Boxoriston” mahallasida  yashovchi Surayyo Nurova esa issiqxona qurish uchun 10 mln so‘m imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar.

Har ikki murojaatni ham xalq noibi Q.Shukurov o‘z zimmasiga olib, “Agrobank” Uzun tuman filialiga deputatlik so‘rovi yuborish orqali muammoni hal etib berishini ma’lum qildi.  

“Dehqon”  mahallasida yashovchi Ozoda Ro‘ziyeva 2016 yilda tumandagi maishiy-xizmat kasb-hunar kollejini tamomlagan. Lekin hozirga qadar o‘z mutaxassisli bo‘yicha ish topolganicha yo‘q. Sayyor qabulda so‘z olgan Ozoda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Uning murojaati tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, joyida hal etildi.

–Ko‘pdan beri ishsiz edim, – deydi O.Ro‘ziyeva. –  To‘g‘ri, bu masalada tegishli tashkilotlarga murojaat qildim, ammo natijadan darak bo‘lmadi. Shu bois, partiya tomonidan hududimizda tashkil etilgan sayyor qabulda mutasaddilardan ko‘mak so‘radim. Tashkilotchilarning tashabbusi bilan tuman markazidagi “Chehra” tikuvchilik korxonasiga ishga joylashdim.

Sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib, natijasi nazoratga oladigan bo‘ldi.

Shuhrat Rahmonov,

O‘zLiDeP Uzun tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1197
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-07-25 14:40:12

Партия тамонидан утказилаетган саёр каъбуллар депутатларимиз фаоллигини ошириб гина куймасдан, хар бир окургдаги муоммали масалаларни шу жойнинг узида хал килиб келмокда. Иложи боринча саёр кабуллар хар ойда кам дегенда экки уч маротаба утказилса максадга мувофик буларди


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-25 10:55:38

Ўтказилаётган сайёр қабуллар натижасида жойлардаги муаммоли масалалар ўз ечимини топмоқда.


Шовот туман Кенгаши 2018-07-25 09:18:35

Ёшларга эътибор келажакка эътибор,


Fikringizni qoldiring

+