O‘zLiDeP deputati “Ilg‘orlar” ko‘chasidagi transformatorni yangilash bo‘yicha so‘rov yubordi

24.07.2018, 18:10

O‘zLiDeP deputati “Ilg‘orlar” ko‘chasidagi transformatorni yangilash bo‘yicha so‘rov yubordi

O‘zLiDeP Urganch tuman Kengashi “G‘aybu” qishlog‘ining “Oyoq-bog‘”, “Tandirchi”, “Adolat”, “Oq-maktab”, “Shoxidonlar”, “Xojiboylar”, “Turkmanlar” va “Cho‘lobod” mahallalari ahli uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya viloyat Kengashi, Urganch tuman hokimligi hamda bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

– Mahallamizda 330 xonadon istiqomat qiladi, – deydi Turkmanlar mahallasida yashovchi S.Yusupov. – Lekin ko‘pdan beri toza ichimlik suvi muammosidan qiynalamiz. Shu bois, bu masalada hududimizda tashkil etilgan sayyor qabulda mutasaddilardan ko‘mak so‘ragandik. Ularning tashabbusi bilan muammoyimiz yaqin kunlarda hal bo‘ladi. 

Sayyor qabulda ishtirok etgan “Tandirchi” mahallasida yashovchi Rustam Jabberganov “Ilg‘orlar” ko‘chasidagi transformatorni eskirgani sabab elektr toki muammosi aholini qiynab kelayotganini aytib, shu masalada mutasaddilardan ko‘mak so‘radi. Uning murojaatini partiya tuman Kengashi raisi va O‘zLiDeP deputatlik gururhi a’zosi A.Ro‘zmetov tomonidan nazoratga olindi.

Guliston ADAMBAYEVA,

O‘zLiDeP Urganch tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1038
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умарбек2018-08-01 12:36:16

Хммаси елгон сохта


O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раисининг ёшлар билан ишлаш бўйича ўринбосари Мавлонов Мухаммад2018-07-25 15:33:16

O‘zLiDePнинг сайёр қабулларида доимо муаммолар ва таклифлар ўз натижасини бериб келмоқда бундан халқимиз ва O‘zLiDePнинг электорат вакиллар хурсанд десам адашмайман бундай сайёр қабуллар доимо ва тез-тез бўлиб туриши мақсадга муофиқ


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-25 10:55:04

Ўтказилаётган сайёр қабуллар натижасида жойлардаги муаммоли масалалар ўз ечимини топмоқда.


Ю.Салимов O’zLiDeP Косон туман Кенгаши депутатлик гурухи билан ишлаш бўйича ижрочи котиби2018-07-25 09:59:39

O‘zLiDePнинг ҳудудлардаги сайёр қабул ташкил этилиши халқимизнинг яхши яшашига хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+