“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi yosh tadbirkorlar safini kengaytirishga xizmat qiladi

24.07.2018, 18:15

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi  yosh tadbirkorlar safini kengaytirishga xizmat qiladi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan “Yuksak ma’naviyatli yoshlar – yurt tayanchi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Unda partiya faollari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, ma’naviyat va ma’rifat kengashi mas’ullari, mahalla faollari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalaridagi yetakchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturidan kelib chiqadigan O‘zLiDeP viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” oldida turgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi haqida so‘z yuritildi.

–Kasb-hunar kollejini tamomlagach, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi edim, – deydi tadbir ishtirokchisi R.Shodmonov. – Lekin buni qanday amalga oshirish va bankdan kredit olish tartibi qanday haqida hech nimani bilmasdim. To‘g‘risi, bu haqda hech qanday ma’lumotga ega emas edim. Tadbir davomida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturiga muvofiq, 7 foizlik, 1 yil davomida olingan kreditning faqatgina foizini, undan keyingi 4 yilda asosiy qarzlarni to‘lashim mumkinligi tushuntirishdi. Endi yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z biznesimni boshlamoqchiman. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va yot g‘oyalar ta’siriga tushib kolishining oldini olish, yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish lozimligini ta’kidladilar.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1349
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Lazizbek2018-09-07 00:49:19

Bu katta yutuqlarga erishish uchun yaxshi imkoniyat. Yoshlar vaqtni va imkonni boy bermang. Ikilangan qush ucha olmaydi.


Диниева Гулистон Курбанбаевна КР Элликқалъа тумани2018-07-25 16:08:53

Президентимиз тамонидан каъбул килинган “Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастури.Бу касб хунар коллежи тамомлаган ешларимиз учун яна бир имконият . Ешлар бу имкониятлардан фойдаланишга шошилинг!


Диниева Гулистон Курбанбаевна КР Элликқалъа тумани2018-07-25 16:05:03

Президентимиз тамонидан каъбул килинган “Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастури .Бу касб хунар коллежи тамомлаган ешларимиз учун яна бир имконият . Ешлар бу имкониятлардан фойдаланишга шошилинг!


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-25 10:10:51

Президентимиз тамонидан каъбул килинган “Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастурига мувофиқ, 7 фоизлик, 1 йил давомида олинган кредитнинг фақатгина фоизини, ундан кейинги 4 йилда асосий қарзларни тўлаш тугрисида курсатилган. Бу касб хунар коллежи тамомлаган ешларимиз учун яна бир имконият . Ешлар бу имкониятлардан фойдаланишга шошилинг!


М.Хайитбоев. Шовот туман Кенгаши раисининг Ёшлар масалалари бўйича ўринбосари.2018-07-25 09:40:39

“Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастуридан келиб чиқадиган O‘zLiDeP вилоят Кенгаши “Ёшлар қаноти” олдида турган устувор вазифаларни амалга оширишга қаратилган чора-тадбирлар айни пайтда барча худудларда жадал суратларда олиб борилмоқда.


М.Хайитбоев. Шовот туман Кенгаши раисининг Ёшлар масалалари бўйича ўринбосари.2018-07-25 09:40:38

“Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастуридан келиб чиқадиган O‘zLiDeP вилоят Кенгаши “Ёшлар қаноти” олдида турган устувор вазифаларни амалга оширишга қаратилган чора-тадбирлар айни пайтда барча худудларда жадал суратларда олиб борилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+