Mustaqillik shukronalik demak

30.08.2017, 19:28

Mustaqillik shukronalik demak

Shu kunlarda mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi shodiyonalarini oldidan bayramoldi tadbirlar o‘tkazilyapti.

Ularda ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlami xolidan xabar olish, ularning xovli-joylarini obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida O‘zLiDeP Sirdaryo tuman Kengashi tomonidan “Mustaqillik-buyuk va bebaho ne’mat” mavzuida qator hayriya tadbirlari o‘tkazildi.

Unda maxalliy Kengash deputatlaridan iborat targ‘ibot guruhi tumandagi “Ulug‘bek”, “Paxtazor” , “Yoshlik” kabi  maxallalaridagi partiya a’zolarining xonadonlariga tashrif buyurib, bayram tilaklarini yo‘llash bilan birgalikda istiqlolga shukronalik  targ‘ibotini ham qilishdi.

—Kasbi shifokor bo‘lgan maxalliy kengash deputatlari hamda tibbiyot maskanlaridagi BPT a’zolari bilan tibbiyot uskunlari va UZI apparatlarini olib, maxalladagi 11 nafar bemor yotgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdik, - dedi Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Rashid Xudoyberdiyev. —Shuningdek, ko‘chaboshilari bilan mahalladagi muxtoj oilalarga bayram sovg‘alarini ulashdik. Bir oy muddat ichida har bir xonadonda obodonlashtirish ishlari olib borilib, “Eng obod ko‘cha” va “Eng obod xonadon” kabi nominatsiyalar bo‘yicha maxalla faollari taqdirlandi. 

Mustaqillik ayyomining shukuhi mushtarak bo‘lgan bayram tashriflari Guliston shahridagi BPTlarda ham davom etdi.

 Bugungi kunda 80 nafar partiya a’zolari o‘zaro birlashgan “Guliston ekstrakt-yog‘” AJda faoliyat yuritayotgan BPTda o‘tkazilgan bayram tadbirida partiya g‘oyalarini targ‘ib qilayotgan faollari sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi. Bunday jarayonlarda ishchi-xodimlarning mehnati o‘z o‘rniga ega ekanligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida BPT raisiga partiya viloyat Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi. 

Bayram tadbirlari doirasidagi navbatdagi tashrif Shirin shahridagi Farxod MFYga bo‘ldi. Mazkur hududda istiqomat qilayotgan ikkinchi jaxon urush qatnashchisi R.G.Tukayev xonadoniga borgan partiya faollari otani qo‘shaloq bayram bilan tabriklab, bayram sovg‘alarini taqdim etishdi.

Shuningdek, Farxod MFYda faoliyat olib borayotgan  tadbirkor ayol Xafiza Gaybullayevaning faoliyati bilan ham tanishildi. Ishbilarmon opamizning mahalla obodligi yo‘lida qo‘shgan munosib hissasi uchun partiya “Ayollar qanoti”ning diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

Sirdaryoda bayram tadbirlari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

                                                        Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    875
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+