“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari aniqlandi

25.07.2018, 19:30

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Unda tanlovning tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmon  xotin-qizlar ishtirok etdi.

–Tibbiyot kollejini tamomlagan bo‘lsamda, lekin tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanyapman, – deydi tanlovning 1-o‘rin sohibasi, “Dana Tekstil Prom” MChJ rahbari Guldana Axmedova. – Ochig‘i, dastlab faoliyatimni 2 nafar ishchi bilan boshlagan edim. Joriy yilda faoliyatimni yanada kengaytirib, 12 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minladim. Tadbirkor ayollarni rag‘batlantirishga qaratilgan bu kabi tanlovlar kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shib, bizni yangi marralar sari ruhlantiradi.  

Tanlovda shuningdek, “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti”, “Yilning muruvvatli tadbirkor ayoli”, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirayotgan fermer ayol”, “Tashabbuskor ayol” va “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ayol” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    617
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Cара-Конликул тумани2018-07-26 09:52:35

«Ишбилармон аёл» кўрик танлови хотин-қизлар ўртасида фаол, интилувчан тадбиркорларнинг билим ва тажрибасининг ортишига кумак беради. Бир-бирлари билан тажриба олмашади. Ғолибларга танловнинг келгуси босқичида омад тилаб қоламиз. Тадибркор аёллар сафи купаяберсин.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-07-26 08:30:52

Танлов голибларини табриклаймиз, келгуси ишларида омадлар тилаймиз. Жамиятимизда фаол изланувчанг ва албатта тадбиркор аелларимиз сафи кенгайиб бориши бизнинг мактаничимиз


Fikringizni qoldiring

+