Nurobodda “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida uchrashuv tashkil etildi

26.07.2018, 09:39

Nurobodda “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida uchrashuv tashkil etildi

O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi Sazag‘on va Saroy mahallalarida Prezidentimizning “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, shtab qoshida ishchi guruhlarga bo‘lingan holda tumanning barcha hududlaridagi yoshlarni hatlov asosida maxsus anketa-so‘rovnomasi o‘tkazilayotgani aytib o‘tildi.

Shuningdek, xatlov yakunlari bo‘yicha biznez va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan va kredit so‘mmasiga ehtiyoj bildirgan yoshlarga Yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etiladigan maxsus jamg‘arma hisobidan kredit berib, ularning biznes g‘oyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilayotgani ta’kidlandi.  

–Mazkur Farmonda nazarda tutilgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishda asosiy yo‘nalishlari aniq-tiniq qilib belgilab berilgan, – deydi xalq deputatlari Nurobod tuman kengashi deputati Asomiddin Ziyatov. Hozirgi vaqtda tumanimizda 40 mingga yaqin, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar istiqomat qilishadi.Ushbu Farmon millionlab respublikamiz yoshlari qatori nurobodliklar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Tadbirda tashkilotchilar mahalla faollari bilan birgalikda aholi xonadonlarida bo‘lib, yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazdi, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga zarur maslahatlar berildi.

Sayfiddin Rasulov,

 Xalq deputatlari

Nurobod tuman kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik

guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1481
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

абдурахмон2018-08-08 18:50:55

партиядагилар вадасида турадими ўзи келажак депутатларига айди карта таёрлаймиз ва келажак депутати дейилган значоклар берамиз деганига мана ана вакт болди дарак йук партия томонидан ёшларга бўлган этборни хам шундан билсак болади курук гапдан нарига ўтилмаяпди


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-27 20:54:41

Партиямизнинг ҳамкор ташкилотлар билан бу каби тадбирларни ташкил этиши келгусида партия сафларида ёшлар сонинг ошишишига ва партиямиз нуфузининг аҳоли ўртасида кучайишига ўзининг ижобий таъсирини кўрсатади, албатта.


Fikringizni qoldiring

+