O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan S.Xolbayevaga tibbiy yordam ko‘rsatiladi

26.07.2018, 09:45

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan S.Xolbayevaga tibbiy yordam ko‘rsatiladi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Farovon oila” loyihasi doirasida “Sog‘lom va mustahkam oila –jamiyat boyligi va kelajak poydevori” mavzuida tadbir o‘tkazdi.

Unda viloyat hokimligi huzuridagi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish va viloyat bandlikka ko‘maklashish markazi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalari, “Oila” ilmiy-amaliy markazi hamda JIEMlaridan qaytgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, ayollar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan opa-singillarimizga psixologik yordam ko‘rsatish, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish lozimligi ta’kidlandi.

Samarqand viloyat IIB xuquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori Dilshod Nazarovning aytishicha, viloyatda profilaktik hisobga olinganlar soni 217 nafar, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo muddatlarini o‘tayotganlar soni 641 nafar, Konstitutsion tuzumga qarshi hamda boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etib profilaktik hisobda turgan ayollar soni 24 nafarni tashkil etadi.

–Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida loyiha doirasida xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, jinoyatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan turkum tadbirlar o‘tkazildi, – deydi O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Marhabo Cho‘liyeva. – Mazkur tadbirlarda esa ayollar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish va boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

S.Xolbayeva tuhmatga qolib, jazoni ijro etish muassassasidan qaytganiga bir oydan ortiq vaqt bo‘ldi. Ma’lum sabablarga ko‘ra jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan ayol uyga – oilasi, farzandlari, yaqinlari bag‘riga qaytgach, bir tashvishi ikki bo‘ldi go‘yo.

Avtohalokat tufayli nogironga aylangan S.Xolbayeva tibbiy muolajaga pul topolmasdan dardini kimga aytishni bilmay yurgan ayolning joniga O‘zLiDeP viloyat Kengashi mutasaddilari oro kirdi. Partiya tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilariga biriktirilib, S.Xolbayevaning muammosi ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi.

Tadbirda loyiha doirasidagi bu kabi tadbirlarni tuman, shahar va mahalalar kesimida ham o‘tkazishga kelishib olindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    989
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-27 20:24:48

Инсон ҳаётида ҳар-хил вазиятлар бўлиши мумкин. Оғир пайтда, инсонга кўмак зарур бўлган пайтда берилган ёрдам, маънавий ва моддий кўмак инсонни нафақат ҳаётга қайтаради, балки уни келгусида улуғвор ишларни қилишга ундайди. Шу ўринда ЎзЛиДеП вилоят Кенгаши "Аёллар қаноти"ни томонидан амалга оширилган иш таҳсинга сазовордир.


Набижон Артиков Каттаыщр-он шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-07-27 11:57:08

Хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш, давлат сиёсатининг самарали ижросини таъминлаш, аёллар муаммоларини аниқлаш, ёрдамга муҳтож опа-сингилларимизга психологик ёрдам кўрсатиш, ҳуқуқбузарликка мойиллиги бўлганлар билан якка тартибда иш олиб бориш бугунги кун талаби


Шовот туман Кенгаши фаоли2018-07-26 12:10:59

Партия Аёллар қаноти ташаббуслари билан ўтказилган хар бир тадбир, ўз самарасини бермоқда


Fikringizni qoldiring

+