Gurlanlik partiyadoshlarimizning bilim va malakasi oshirildi

26.07.2018, 09:57

Gurlanlik partiyadoshlarimizning bilim va malakasi oshirildi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi partiya tuman Kengashi apparat rahbarlari, xalq deputatlari viloyat kengashidagi partiya deputatlik guruhi ijrochi kotiblari hamda BPT raislari malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etdi.

Seminarda partiya tuman Kengashlari apparat rahbarlari va Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi ijrochi kotiblarining vazifa va vakolatlari, partiya faoliyatiga oid xujjatlar bilan ishlash, partiya tomonidan e’lon qilingan loyihalarni amalga oshirish, partiya targ‘ibotida xodimlarning notiqlik san’ati va nutq madaniyatini o‘stirishga oid zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.

–O‘quv mashg‘uloti davomida guruhlarga bo‘lingan holda muammoli masalalarga yechim izladik, – deydi O‘zLiDeP Gurlan tuman Kengashi raisi R.Dosimov. –Qolaversa, joriy yilning 6 oy davomida erishgan natija va mavjud kamchiliklarni sarhisob qilib, galdagi vazifalarni belgilab oldik.

Seminar yakunida tumanda tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishda yoshlarning faolligini oshirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, partiyaning ijtimoiy tarmoqlarida tashkil etilgan guruhlarda aholining faolligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

S.OChILOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat

Kengashi siyosiy ta’lim

markazi rahbari v.b.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1190
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-07-26 11:42:18

Бу каби укув семинарларни купрок ташкиллаштиришимиз зарур. Хакикатдан хам укув давомида куп нарсани урганиш имконияти булади. Суров жавоблар булади, ва хар хил фикрлар уртага ташланади. партиядошларимиз сиёсий ва хукукий саводхонлигини оширишда асос булари сузсиз. Гурланлик партиядошларимизнинг келгуси ишларида омад тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+