O‘zLiDeP deputati 50 nafarga yaqin fuqaroning muammosini hal etdi

26.07.2018, 10:11

O‘zLiDeP deputati 50 nafarga yaqin fuqaroning muammosini hal etdi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Shahnoza Alimova joylardagi mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda xalq bilan muloqot qilish maqsadida saylovchilar bilan uchrashdi.  

Yuzma-yuz muloqotlar davomida saylovchilar tomonidan 10 ga yaqin taklif va shikoyatlar kelib tushdi.

Xususan, “Podshobog‘” mahallasida yashovchi N.Masharipova nogironlik aravachasiga muhtoj ekanini aytib, shu masalada deputatdan ko‘mak so‘radi. Xalqning ishonchli vakili shu yerning o‘zida unga nogironlik aravachasi sovg‘a qildi.

– Qizim ko‘p yillardan buyon og‘ir xasta, tushakka yotib qolgan. Shu bois, unga nogironlik aravachasi zarur edi, – deydi Nilufarning onasi. – Mazkur masalada o‘zimiz ishonch bildirib saylagan deputatimizga murojaat qilgan edik, deputatga rahmat, murojatimizni ijobiy hal etib berdi.

Ha, bugun Xalq noibi aholi tomonidan kelib tushayotgan hech bir murojaatni e’tibordan chetda qoldirgani yo‘q. Har bir murojaatni atroflicha o‘rganmoqda va muammoga yechim topishga harakat qilmoqda. 

–Saylov okrugimizda 70 ming aholi istiqomat qiladi, – deydi Sh.Alimova. – Shu bois, odamlar bilan muloqot chog‘ida har bir fuqaroni eshitishga, uni qiynayotgan muammosini hal etishga harakat qilaman. Masalan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 50 nafarga yaqin fuqaroning muammosini hal etishga erishdik. Qolaversa, ko‘plab yoshlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashdik, o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga esa zarur tavsiyalar berdik.

 Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1125
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шовот туман Кенгаши 2018-07-26 11:54:03

Жонкуяр депутатларимиз сони ошаверсин


Fikringizni qoldiring

+