O‘zLiDeP deputati “Qo‘vacha” qishlog‘ini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha so‘rov yubordi

26.07.2018, 10:19

O‘zLiDeP deputati “Qo‘vacha” qishlog‘ini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha so‘rov yubordi

O‘zLiDeP Qorako‘l tuman Kengashi “Qo‘vacha” qishlog‘i  aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya viloyat Kengashi, tuman hokimligi hamda bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Yuzma-yuz muloqotlar davomida so‘z olgan “Quva” mahallasida yashovchi X.Xasanov hudud ahli ko‘pdan beri toza ichimlik suvi muammosidan qiynalishini aytib, shu masalani ijobiy hal etishda mutasaddilardan ko‘mak so‘radi. Uning murojaatini xalq deputatlari tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari o‘z zimmasiga olib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish orqali muammoni hal etib berishini ma’lum qildi.

Shuningdek, “Yangi Qal’a” mahallasida yashovchi Jumaboy Adizov suyultirilgan gaz ballonlarni o‘z vaqtida yetib kelmasligidan shikoyat qildi. Uning murojaatini partiya tuman Kengashi raisi va O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi N.Qilichov tomonidan nazoratga olindi.

 Shamshod Jafarov,

O‘zLiDeP Buxoro viloyat kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мавжуда Рашидова-O'zLiDeP Бухоро вилоят кенгаши бўлим мудири2018-07-31 12:22:29

Партия Кенгашлари томонидан ташкил этилаётган сайёр қабулларда муаммолар ечим топаётгани қувонарлидир. Аҳоли кўтариб чиқаётган муаммоларнинг партия томонидан ҳал қилиб берилаётганлиги O'zLiDePнинг обрўйини янада оширмоқда. Бу ишларда депутатларимиз сайловчиларнинг ишончини оқлаб ишлаши керак.


Н.Атаназаров Косон туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гурухи рахбари2018-07-27 09:38:21

O‘zLiDeP депутатлари томонидан Ҳалқ билан учрашиш давомида кўтарилаётган муаммолар, худудлардаги мансабдорлар томонида ечилиши шарт. шундагина ҳалқимиз депутатлардан рози бўлади.


Халқ депутатлари Миришкор туман Кенгаши депутати Бешбой Шарипов2018-07-27 08:54:16

Депутатлар томонидан кўтарилаётган сув муаммоси долзар муаммо ҳисобланади ҳозирда сувга бўлган талабнинг юқорилигини инобатга олсак ҳар биримиз ичимлик сувини исроф қилмасдан истемол қилишимиз керак


Fikringizni qoldiring

+