O‘zLiDeP faoli har yili 20 dan ortiq xotin-qizga tikuvchilik sirlarini bepul o‘rgatib kelyapti

27.07.2018, 17:27

O‘zLiDeP faoli har yili 20 dan ortiq xotin-qizga tikuvchilik sirlarini bepul o‘rgatib kelyapti

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi tomonidan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida “O‘zLiDeP – tadbirkor ayollar ko‘makdoshi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda qishloq joylarda doimiy ish o‘rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklarida garovsiz imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi tadbirkorlarni rag‘batlantirish bilan bir qatorda olis hududlarda sanoat va ishlab chiqarishni rivojlantirishga keng imkoniyat yaratayotgani alohida ta’kidlandi.

– Yurtimizda tadbirkorlik qilaman, o‘z biznesimni boshlayman, degan kishi uchun barcha shart-sharoitlar bor, – deydi xususiy korxona rahbari Lobar Haydarova. – Shu bois asosiy e’tiborni raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratyapmiz. Buning uchun “Agrobank” tuman filialidan imtiyozli kredit olib, JANOME  rusumli gazlamaga gul uradigan tikuv mashinasini xarid qildik. Daromadimiz yaxshi, yiliga 15-20 mln sof foyda olyapmiz. Har yili 20 dan ortiq kam ta’minlangan, sharoiti og‘ir xotin-qizlarga tikuvchilik sirlarini bepul o‘rgatyapmiz. 

Ta’kidlash kerak, bugun partiya “Ayollar qanoti” faoliyatidan xotin-qizlar hursand. Chunki partiya faollari tashabbusi bilan amalga oshirayotgan sa’y-harakatlar davomida ko‘plab opa-singillarimiz bandligi ta’minlanib, ularning ko‘pchiligi o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda.

Marhabo ChO‘LIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2377
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-07-28 11:03:47

Юртимизда тадбиркорлик қиламан, ўз бизнесимни бошлайман, деган Аёллар, Ёшлар учун барча шарт-шароитлар бор. Қишлоқ жойларда доимий иш ўринлари яратаётган опа сингилларга ёшларга тадбиркорлик субъектларини қўллаб-қувватлаш учун тижорат банкларида гаровсиз имтиёзли кредит ажратилмақда. Лобар Ҳайдарова сингари опалар кўпайсин омад ёр бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+