O‘zLiDeP sayyor qabuli: urganchlik M.Razzoqberganova doimiy ish joyiga ega bo‘ldi

27.07.2018, 17:52

O‘zLiDeP sayyor qabuli: urganchlik M.Razzoqberganova doimiy ish joyiga ega bo‘ldi

O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi 7-son “Shodlik” MFYda sayyor qabul tashkil etdi.   

Unda partiya viloyat va shahar Kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya  deputatlik guruhi a’zolari, Urganch shahar elektr tarmoqlari korxonasi, bandlikka ko‘maklashish markazi shahar bo‘limi, tijorat banklari mas’ullar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Qabul davomida aholi tomonidan ishga joylashish, elektr energiyasi yetkazib berishdagi uzilishlar, ichimlik suvi tanqisligi, yer maydoni ajratish kabi 10 dan ortiq muammolar kelib tushdi.

– Ko‘pdan beri ishsiz edim, – deydi “Shodlik” mahallasida yashovchi Muqaddas Razzaqberganova. – Oliy ma’lumotli bo‘lmaganim sababli ish topolmay yurgandim. O‘zLiDeP deputati Dilorom Atayeva tashabbusi bilan Urganch tadbirkorlik va servis kasb-hunar kollejining xo‘jalik bo‘limiga ishga joylashdim. Deputatlarimizdan minnatdorman.  

Shu mahallada yashovchi Abdurahmon Matrasulovning “E.Rahimov” ko‘chasidagi suv quvurlari nosozligi hashorot va chivinlarning ko‘payishiga olib kelayotganini yuzasidan murojaati ham partiya deputatlik guruhi a’zosi D.Atayeva tomonidan nazoratga olindi.

Sayyor qabulda o‘rtaga tashlangan muammolar Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborildi.

Doniyor JUMANIYAZOV,

O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1152
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-29 16:23:03

Ўтказилаётган сайёр қабуллар натижасида жойлардаги муаммоли масалалар ўз ечимини топмоқда.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-07-27 18:15:06

Саёр каъбуллар хакикатдан хам купрок утказилса хар бир муоаммали масалалар ечимини топишда асос булари сузсиз. Депутатларимиз партиямизнинг фаоллари сифатида фукоралардан келган мурожаатларни шу жойнинг узида урганиб масалани хал килишдаги ердамлари бу халкимизнинг уларга деган ишончини оширади.Партиядошларимизнинг келгуси ишларида омадлар тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+