Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash masalasi yanada soddalashtirildi

27.07.2018, 17:57

Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash masalasi yanada soddalashtirildi

Prezidentimizning “2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq arzon uy joyga bo‘lgan aholi talablarini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan o‘rganib chiqib, aniq taklif kiritish belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, qarorda shaharlarda yosh oilalarga, eski uylarda yashovchilarga va turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda, arzon ko‘p kvartirali uylarni o‘rtacha 15 foiz miqdoridagi dastlabki badal bilan sotib olish uchun ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

Bir so‘z bilan aytgan mazkur hayotiy qaror qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini samarali amalga oshirish, aholining shinam turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, fuqarolarning farovonlik darajasini yanada oshirish va turar joy sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Binobarin partiyamiz dasturida qayd etilganidek, yangi, barcha qulayliklarga, zarur infratuzilmalarga ega bo‘lgan turar-joy massivlarini, ayniqsa, qishloq joylarda barpo etish, uy-joy bozorini kengaytirish, aholi, shu jumladan, yosh oilalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda uy-joy olish imkoniyatini ta’minlash uchun ushbu sohada raqobatni oshirish O‘zLiDePning ham ustuvor vazifalaridan biridir.

Shaxnoza Alimova,

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek

tuman Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    626
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-07-28 08:06:14

Бу қарор хакикатдан хам қишлоқ жойларда янгиланган намунавий лойиҳалар бўйича арзон уй-жойлар ва шаҳарларда кўп квартирали уйлар қуриш дастурларини самарасини янада оширишда асос булади. Бу эса халкимизнинг арзон ва хар тамонлама кулай уй жойга бўлган эҳтиёжини қондириб, яшаш шароитларини яхшилашга хизмат қилади. Халкимизнинг хар бир карорга хурмат билан караб мазмун ва мохиятини теранг англаб етишини истаймиз.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-27 20:36:23

Бу жуда керакли қарор. Лекин қарор ижроси жойларда қандай бажарилади, бу жуда муҳим. Шунинг учун партиямиздан сайланган депутатлар ўз ҳудудларида, жойларда бу қарорнинг ижроси устидан ҳамкор ташкилотлар биргаликда фаол депутатлик назоратини ўрнатиши лозим.


Fikringizni qoldiring

+