Samarqandda O‘zLiDeP xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi

28.07.2018, 17:15

Samarqandda O‘zLiDeP xodimlari malakasini  oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi partiya Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi apparat rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda BPT raislarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar  tashkil etdi.

Seminarda Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan muammoli masalalarni deputatlik guruhida ko‘rib chiqish va sessiyaga masalalar kiritish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

– Mazkur seminar faoliyatimizni yanada jonlantirishda ahamiyatli bo‘ldi, – deydi O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi Ro‘zimurod Jo‘rayev.  –  Chunki o‘quv davomida partiya faollarining ijtimoiy-siyosiy bilimlari bilan birga, huquqiy, iqtisodiy bilimlari ham oshirildi. E’tiborli tomoni, seminarda partiya faoliyatiga doir yangi ko‘nikmalar, davlat boshqaruvida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, qonunchilik sohasidagi yangiliklar bilan tanishish imkoniga ham ega bo‘ldik. Endi olgan bilimlarimizni partiya maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishga sarflaymiz.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida shuningdek, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida” va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati haqida ham kengroq tushunchalar berildi. 

Nasiba MO‘MINOVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    744
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдуллалатиф Раҳманов Наманган вилоят Кенгаши Сиёсий таълим маркази раҳбари2018-07-31 17:33:35

Ўқув-семинарларда дастурда белгиланган маърузалар бўйича кўпроқ груҳларда ишлангани ижобий самара беради деб ўйлайман.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-29 23:24:54

O'quv seminarlarning ko'proq tashkil etilishi partiya xodimlarining siyosiy va huquqiy bilimlarining yanada oshishiga sabab bo'ladi.


Fikringizni qoldiring

+