O‘zLiDeP sayyor qabuli: “Oriyat” MFYda yangi maktab quriladi

31.07.2018, 18:11

O‘zLiDeP sayyor qabuli: “Oriyat” MFYda yangi maktab quriladi

O‘zLiDeP Muzrabot tuman Kengashi “Oriyat” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etdi.

Unda xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, tegishli idora va tashkilot xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida mahalla ahli nomidan so‘z olgan Rahmonqul  Jo‘raqulov hududdagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi eskirganligini aytib, mutasadilardan yangi maktab binosini qurishda amaliy yordam so‘radi.

Uning murojaati xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan o‘rganilib, viloyat moliya boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborish orqali hal etiladigan bo‘ldi.

–Mahallamizda joylashgan ushbu maktab binosining ta’mirtalab holatga kelib qolganiga ko‘p bo‘ldi. Bu esa mazkur ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun biroz noqulaylik tug‘dirardi, – deydi  R.Jo‘raqulov. – Shu bois, hududimizda tashkil etilgan sayyor qabulda shu masalada mutasaddi tashkilot rahbarlariga murojaat qildik. Tashkilotchilarga rahmat, ularning tashabbusi bilan ko‘pdan buyon bizni tashvishga solayotgan muammo hal bo‘ldi. Endi farzandlarimiz zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagan ta’lim muassasasida saboq oladi.

Sayyor qabul davomida shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan bir guruh fuqarolarga tijorat banklari mutasaddilari tomonidan huquqiy tushunchalar berilib, tegishli hujjatlarni bankka taqdim etishlari yuzasidan tavsiyalar  berildi.

Qabul so‘nggida ko‘tarilgan ushbu muammolarni o‘z vaqtida ijobiy hal etish yuzasidan partiya deputatlik guruhlariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Zulfiya KARIMOVA,

O‘zLiDeP Muzrabot tuman

 Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    482
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-02 09:47:40

Ўтказилаётган сайёр қабуллар натижасида жойлардаги муаммоли масалалар ўз ечимини топмоқда.


Fikringizni qoldiring

+