“Muxlis tekstil”ning 15 xodimi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

31.07.2018, 18:32

“Muxlis tekstil”ning 15 xodimi  O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Farovon oila” loyihasi doirasida “Sog‘lom va mustahkam oila – jamiyat boyligi va kelajak poydevori”  mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Tadbirda partiya viloyat, tuman (shahar) Kengashi va Xonobod shahar ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari, shahar ko‘ptarmoqli poliklinikasi shifokorlari, “Muxlis tekstil” ishlab chiqarish korxonasi ishchi-xodimlari va BPT raislari ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilar Xonobod shahridagi “Muxlis tekstil” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni, korxonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

– Korxonamiz 2015 yilda tashkil etilgan, – deydi Sanobarxon Rahimova. – Dastlab faoliyatimizni 12 nafar ishchi-xodim bilan boshlagan edik.  Ayni chog‘da korxonamizda 60 nafardan ortiq xotin-qiz mehnat qilmoqda. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratmoqchimiz. Bunda albatta, O‘zLiDeP ko‘magiga tayanamiz.

Tadbir so‘nggida partiyaga qiziqish bildirgan ushbu korxonaning 15 nafar xodimi partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Umidaxon ISAYEVA,

O‘zLiDeP Andijon

viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1231
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Гулматова Мухаррам Мархамат туман Кенгаши2018-08-01 09:40:57

Хонабод шахар "Мухлис текестел" ишлаб чиқариш корхонасини фаолияти кенгайишига партия фаоллари номидан омад ва куч қувват тилайман.


Fikringizni qoldiring

+