Buxoroda O‘zLiDeP xodimlarining bilim va malakasi oshirildi

31.07.2018, 18:36

Buxoroda O‘zLiDeP xodimlarining bilim va malakasi oshirildi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi partiya tuman Kengashi apparat rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda BPT raislarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etdi.

Seminarda ishtirokchilarga “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati haqida kengroq tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda partiya tizimida ayollar va yoshlar bilan ishlash, deputatlar tashabbuskorligini oshirish, boshlang‘ich tashkilotlar ishini kuchaytirishga qaratilgan ish va rejalarni belgilash kabi masalalar yuzasidan aniq takliflarni o‘rtaga tashlab, o‘zaro fikr almashdilar.

– Siyosiy partiya xodimi eng avvalo, o‘z tashkilotining Ustavi, Harakat dasturi, maqsad va vazifalarini teran anglashi kerak, – deydi O‘zLiDeP Buxoro tuman Kengashi raisi U.Shomurodov. – Shundagina u elektoratimiz vakillarini o‘ylantirib kelayotgan muammolarni hal etadi, odamlarni rozi qiladi. Shu bois, seminar davomida o‘zimizni qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishga harakat qildik. Eng muhimi, nafaqat siyosiy bilimlarga, balki huquqiy va iqtisodiy bilimlarga ham ega bo‘ldik.

Seminarda shuningdek, ishtirokchilar partiya faoliyatiga oid hujjatlar bilan ishlash, partiya tomonidan e’lon qilingan loyihalarni amalga oshirish, partiya xodimlarining notiqlik san’ati va nutq madaniyatini o‘stirishga oid zarur bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishdi.

Shamshod JAFAROV,

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1118
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ж.Мавлонов O'zLiDeP Когон шаҳар Кенгаши ДГ ижрочи котиби2018-08-02 16:36:23

Бу каби ўқув-семинарларни ўтказиш давр талаби. Сиёсий фаоллик талаб этилаётган замонда ўқувлар ташкил этиб, ўзъаро фикр алмашинишимиз зарур.Шундай ўқувлар ҳамкасбларимизнинг билим ва кўникмаларини ошишига, функцианал вазифалари янада такомиллашувига самарали ҳизмат қилмоқда


Усмонов Сардор2018-08-02 09:59:52

Partiya tomonidan tashkil etilgan ushbu o`quv-seminarlar partiya xodimlarini tajribasini mustahkamlashi shubhasiz


Мавжуда Рашидова-O'zLiDeP Бухоро вилоят кенгаши бўлим мудири2018-08-01 17:29:48

Вилоят Кенгаши ҳузуридаги Сиёсий таълим маркази томонидан ташкил этилаётган партия ходимларининг малакасини ошириш бўйича ўқув-семинарларининг кейинги босқичида Халқ депутатлари туман (шаҳар) Кенгашларидаги партия депутатлик гуруҳи аъзолари ҳамда БПТ раисларини ўқитаяпмиз. Ўқувлардан ўзлари учун керакли билимларни олаётган фаолларимиз бундай ўқувлар уларнинг фаолияти учун зарур эканлигини таъкидламоқдалар. Бугунги ўқувлар бўлажак сайловлар йилида ўз самарасини албатта беради.


Ю.Салимов O’zLiDeP Косон туман Кенгаши депутатлик гурухи билан ишлаш бўйича ижрочи котиби2018-08-01 10:54:20

Партия томонидан халқ депутатлари туман Кенгашидаги партия депутатлик гуруҳи аъзолари ҳамда БПТ раисларининг малакасини оширишга қаратилган ўқув-семинарлар партия ходимларини тажрибасини оширига хизмат килади ташкил этди. Семинарда иштирокчиларга “Сиёсий партиялар тўғрисида”, “Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгаши депутатининг мақоми тўғрисида”ги ва “Маҳаллий давлат ҳокимияти тўғрисида”ги қонунлар мазмун-моҳияти ҳақида кенгроқ тушунчалар берилди.


Шовот туман Кенгаши 2018-08-01 09:41:12

Семинар давомида ўргатилган билимлар партия ходимининг фаолияти учун жуда зарур.


Fikringizni qoldiring

+