Eng ulug‘, eng aziz bayram shukuhi

29.08.2017, 19:46

Eng ulug‘, eng aziz bayram shukuhi

Shu kunlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hududiy tashkilotlari tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami munosabati bilan joylarda “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida ma’rifiy uchrashuvlar, muloqot va suhbatlar, madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Farg‘ona shahrida Issiqliq elektr markazi qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan O'zLiDeP boshlang‘ich tashkilotida “Mustaqillikning odamlar ongi va tafakkuri, siyosiy hamda ijtimoiy faolligini oshirishdagi ahamiyati” mavzuida bo‘lib o‘tgan adabiy-badiiy kecha ham ushbu ayyomga bag‘ishlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, mustaqillik yillarida erishgan eng katta boyligimiz, shubhasiz, tinch-totuv hayotimiz, kun sayin farovonlashib borayotgan turmushimiz, milliy an’ana hamda qadriyatlarimizning qayta tiklanganidir. Zero, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli iqtisodiyotimiz yuksalib, yurtimizning har go‘shasi tobora chiroy ochmoqda.

– Ayni chog‘da yurtimiz bo‘ylab istiqlol shukuhi kezib yuribdi. Biz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom orzularimizga qanot baxsh etgan, kelajakka ishonchimizni mustahkamlagan kun sifatida qadrlidir, – deydi O'zLiDeP faoli Foziljon Obidov. – Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, elu yurtga sodiq, bugungi va ertangi kunning hal qiluvchi kuchiga aylanib borayotgan yangi avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu bois bugun o‘zbek yoshlari barcha sohada o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etib, kimlarning avlodi va nimalarga qodir ekanini isbotlayotir.

Tadbir so‘nggida mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda demokratlashtirish jarayonlarining natijalarini aholi orasida keng targ‘ib qilishda O‘zbekis­ton Liberal-demokratik partiyasi tashkilotlari va partiya guruhlari oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

O'zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1709
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+