O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan sayxunobodlik yoshlar uchun sport maydonchasi qurilyapti

01.08.2018, 16:01

O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan sayxunobodlik yoshlar uchun sport maydonchasi qurilyapti

Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Mirsobit Mirzaxanov “Nurobod” MFYda saylovchilar bilan uchrashdi.

 Yuzma-yuz muloqot chog‘ida xalq noibi joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilarga hisobot berdi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, shu yilning o‘tgan davri mobaynida deputat tashabbusi bilan “Nurobod” MFYda istiqomat qiluvchi 120 xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanib, mahalladagi 500 metr yo‘llarga shag‘al yotqizildi.

Shu kunlarda esa hududdagi 2 gektar tashlandiq yer maydonida yoshlar uchun sport maydonchasi qurilyapti.     

 Elyor JO‘RAYEV, 

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    454
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-08-01 17:25:08

Маколада чоп этилганидек, халкнинг ичида булган депутат уз ишига хурмат билан караган узида жавобгарчиликни хис киладиган хурматга эга инсон саналади. Спортни ривожлантириш бу соглом турмуш тарзини таъминлаш. Ишларингизни ривожини берсин


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ туман бўлими ижрочи котиби2018-08-01 16:51:20

Ҳаммамизга маълумки спортни инсон ҳаётига ўрни жуда катта. Айниқса спортга ёшларнинг эътибори тоборо ортиб бормоқда. Сайхунобод тумани "Нуробод" МФЙ даги ёшларнинг истакларидан келиб чиқиб спорт майдончаси барпо этилишида ЎзЛиДеП кўмаклашганлиги ҳаммамизни хурсанд қилади албатта.


Fikringizni qoldiring

+